Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə427/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Sovuq urish
Sovuq urishi past harorat ta’sir etganda kelib chiqadi. Bunda 
bemor a’zolarini noqulay sharoitlarda: ho‘l, tor poyafzal kiyish, 
holdan toyish, 40 °C dan yuqori haroratda ham sovuq urishi 
mum kin. Kopincha, qo‘l va oyoqlarning barmoqlari, quloq, bu-
run uchini sovuq uradi.
Sovuq urishining tortta darajasi farqlanadi.
1-darajada terining oqarishi va sezuvchanligining yo‘qolishi 
bilan xarakterlanadi. Bemor isitilgandan keyin badan terisining 
shu qismi qizil-ko‘kimtir bo‘lib qoladi, ozgina shishadi va quriy-
di. Sogayishdan oldin odam sovuqqa sezgir bo‘lib qoladi, ba’zan 
terining rangi ko‘kimtir bo‘lib qoladi.
2-darajada qon aylanishining chuqur buzilishi kuzatilib, keyin-
roq tiniq suyuqlik bilan to‘lgan pufaklar hosil bo‘ladi. Pufaklar 
atrofidagi teri ko‘kimtir-qizil tusga kiradi. Infeksiya tushmasa, 
o‘rta hisobda 2 hafta ichida bitadi.
3-darajada teri va uning ostidagi to‘qimalar irib nekrozlana-
di, jonsizlanish gemmoragik suyuqlik bilan tolgan yumshoq pu-
faklar hosil bolishi bilan xarakterlanadi. Bu pufaklar po‘stloq 
paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘lgan to‘qimalar ko‘chib tushgan-
dan so‘ng ularning ornida chandiqlanish boshlanadi. Jarohat 1–2 
oy ichida bitadi.
4-darajada nekroz chuqur joylashgan to‘qimalar, shu jumla-
dan, su yak larni ham qamrab oladi. Tananing shikastlangan qis-
mi to‘q ko‘kim tir rangga, qoramtir suyuqlikka tola pufaklar bi-
lan qoplanadi. Pufaklar sovuq olishidan 2 haftadan keyin paydo 
bo‘ladi. Keyinroq shikastlangan qism qurib ko‘chib tushadi.
Sovuq urishda bemorning ahvoli uning darajasiga bog‘liq. 
Sovuq urishning dastlabki ikki darajasida bemorning umumiy 
ahvoli unchalik ogir bolmaydi, keyingi darajasida toksemiya va 
infeksiya qo‘shilishiga bog‘liq holda klinikasi namoyon bo‘ladi 
– yuqori harorat, holsizlik, ishtaha yo‘qligi, leykositoz, E.Ch.T 
oshishi va hokazo.


513

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin