joylashgan. Boshchaning
pastki yuza si yassi. Suyak boshchasining medial tomo-
nida tirsak suyagining bigizsimon o‘siqchasi bor.
Bilak suyagining (radius,
41-rasm) yuqorigi nis-
batan kichik uchida bilak suyagining boshchasi joy-
lashgan. Boshchaning ust tomonida yelka suyagi bosh-
chasi bilan bo‘g‘im hosil qiladigan yassi bo‘g‘im chu-
qurchasi bor.
41-rasm. O‘ng bilak suyagi. Old tomondan ko‘rinishi: 1–bilak suyagining boshchasi; 2–bilak suyagining bo‘yinchasi;
3–bilak suyagidagi g‘adir-budir do‘nglik; 4–suyaklararo qirra;
5–tirsak kemtigi; 6–bilak suyagining bigizsimon o‘siqchasi;
7–oldingi qirra; 8–oldingi yuza; 9–bo‘g‘im gir aylanasi.
Boshchaning yon tomonida tirsak suyagi bilan bo‘ g‘im hosil qi-
ladigan bo‘g‘im gir aylanasi joylashgan. Su yakning boshchasi ta-
nasidan toraygan bilak suyagi bo‘ yinchasi vositasida ajralib tura-
di. Undan pastda mushak birikadigan bilak suyagidagi g‘adir-budir
do‘nglik
bor. Bilak suyagi tanasi uch qirrali. Unda uchta: oldin-
gi yuza
,
orqa yuza va lateral yuza bo‘lib, ular o‘zaro uchta oldingi
qirra,
orqa qirra va suyaklararo qirra orqali bir-biridan ajralib tu-
radi. Bilak suyagini past ki uchi kengaygan, uning medial tomonida
tirsak suyagi bosh chasi bilan bo‘g‘im hosil qiladigan tirsak kemtigi,
lateral
tomonida bilak suyagining bigizsimon o‘siqchasi bor. Past-
ki uchining kaft usti yuzasi botiq bo‘lib, kaft usti suyaklari bilan
bo‘g‘im hosil qiladigan kaft suyaklari bo‘g‘im yuzasi bor.
Kaft suyaklari Kaft suyaklari (ossa manus) kaft usti sohasi, qo‘l kafti va bar-
moq suyaklariga bo‘linadi (42-rasm).
Kaft usti sohasi suyaklari (ossa carpi) turli shakldagi ikki
qator joylashgan 8 ta mayda g‘ovak suyaklardan iborat. Yuqori
(prok si mal)