bor.
Old tomonda g‘altak ustida tojsimon chuqurcha,
boshcha us-
tida kichikroq bilak chuqurchasi
joylashgan. Orqa tomonda g‘al-
tak ustida katta tirsak o‘sig‘i chuqurchasi bo‘ladi. Yelka suyagi
do‘ngini medial va lateral tomonlarida medial va lateral do‘ng usti
do‘mboqchalari
bor. Medial do‘mboqchaning orqa yuzasida tirsak
nervining egati o‘tadi.
Bilak suyaklari Bilak suyaklari ikkita uzun naysimon suyakdan ibo rat: ichki
tomonda joylashgan tirsak suyagi harakat yo‘nalishini aniqlasa,
tashqi tomondagi bilak suyagi tayanch vazifasini bajaradi.
Tirsak suyagini (ulna, 40-rasm) yuqori uchi kengay gan bo‘lib,
yelka suyagi g‘altagi bilan birla shadigan g‘altaksimon kemtigi bor.
Bu kemtik yuqori tomondan katta tirsak o‘sig‘i,
pastdan kichik-
roq tojsimon o‘siqcha
bilan chegaralangan. Tojsi-
mon o‘siq chaning tashqi tomonida bilak suyagi boshi
birlashadigan bilak kemtigi joy lashgan. Old tomon-
da undan pastroqda tirsak suyagining g‘adir-budir
do‘ngligi bor. Tirsak suyagining tanasi uch qirrali.
Unda uchta: orqa yuzasi,
oldingi yuzasi va medial
yuzasi farqlanadi. Bu yuzalarni o‘zaro uchta: oldingi
qirra,
orqa qirra va
suyaklararo qirra
ajratib turadi.
Suyakning pastki uchi yuqorisiga nisbatan ingichka-
roq bo‘lib, tirsak suyagining boshchasi
bilan tugaydi.
40-rasm. O‘ng tirsak suyagi: 1–tirsak o‘sig‘i; 2–g‘altaksimon kemtik; 3–tojsimon o‘siq-
cha; 4–bilak kemtigi; 5–tirsak suyagining g‘adir-budir
do‘ngligi; 6–oldingi qirra; 7– suyaklararo qirra; 8–bo‘g‘im
gir aylanasi; 9– tirsak suyagining bigizsimon o‘siqchasi;
10–orqa qirra; 11–supinator mushagining qirrasi.