96
alohida dastalar shaklida birikadigan
kaft bilak-kaft usti boyla-
mi bo‘ladi.
Bo‘g‘imning orqa yuzasida bilak suyagining orqa yuzasidan
bosh lanib kaft usti suyaklarining birinchi qatoriga birikadigan or-
qa bilak-kaft usti boylami joylashgan. Bo‘g‘imda harakat ikki o‘q
atrofida bajariladi, frontal o‘q atrofida
kaftni bukish va yozish,
sagittal o‘q atrofida esa kaftni uzoqlashtirish va yaqinlashtirish
mumkin.
Kaft usti suyaklari bilak va kaft suyaklari o‘rtasida joyla-
shib bir nechta bo‘g‘imlarni hosil qilishda qatnashadi. Kaft usti
suyakla rining birinchi va ikkinchi qatori o‘rtasida
ikki qator kaft
usti suyaklari o‘rtasidagi bo‘g‘imni hosil qiladi. Bu bo‘g‘imning
faoliyati bilak-kaft usti bo‘g‘imi bilan bevosita bog‘liq. Uni ho-
sil qiluv chi suyaklarning bo‘g‘im yuzalari murakkab ko‘rinishga
ega bo‘lib, bo‘g‘im yorig‘i S shaklida bo‘ladi. Bu bo‘g‘imning
bo‘shlig‘i kaft ustining birinchi va ikkinchi qator suyaklari o‘rta-
sidagi bo‘g‘imlar bo‘shlig‘iga qo‘shilib turadi. Bo‘g‘im xaltasi er-
kin va orqa tomoni yupqa bo‘lib, bu bo‘g‘imda faqat frontal o‘q
atrofida bukish va y ozish mumkin.
Kaft ustining ayrim suyaklari o‘zaro kaft usti suyaklari ora-
sidagi bo‘ g‘imlarni hosil qilib birlashadi. Bu bo‘g‘imlar
murak-
kab tuzilishga ega bo‘lib, qo‘l panjasi harakatida katta ahamiyat-
ga ega. Bu bo‘g‘imlarni qo‘l panjasining kaft va orqa yuzalarida
joylashgan bir nechta boylam mus tahkamlab turadi. Kaft yuzasida
joylashgan kaft ustining shu’lasimon boylami,
kaft usti suyakla-
ri orasidagi oldingi, kaft usti suyaklari orasidagi orqa va kaft usti
suyaklari orasidagi boylamlar mustahkamlaydi.
Kaft usti suyaklarining distal qatori bilan kaft suyaklari o‘rta-
sida kaft-kaft usti bo‘g‘imlari hosil bo‘ladi. I kaft suyagi bi-
lan trapetsiya shaklidagi suyak o‘rtasidagi bo‘g‘im
Dostları ilə paylaş: