Anatomiya 2014. indd


Yonbosh suyagining qirrasida qorin  mushaklari birikadigan uchta g‘adir-budir chiziqlar: tashqi lab



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
Yonbosh suyagining qirrasida qorin 
mushaklari birikadigan uchta g‘adir-budir chiziqlar: tashqi lab,
 
ichki lab
 
va oraliq chiziq
 
bor. Bu qirra oldingi va orqa tomonlar-
da o‘tkir o‘siqlar hosil qilib tugaydi. Oldinda o‘zaro o‘yma bilan 
ajragan yonbosh suyagining oldingi ustki
 
va pastki o‘tkir o‘sig‘i,
 
orqada esa yonbosh suyagining orqadagi ustki
 
va pastki o‘tkir 
o‘sig‘i
 
hosil bo‘ladi. 


99
49-rasm. O‘ng chanoq suyagi. 
Ichki tomondan ko‘rinishi:
1–yonbosh chuqurchasi; 2–yonbosh g‘adir-budur-
ligi; 3–quloqsimon yuza; 4–quymich suyagi
tanasi; 5–quymich suyagi o‘tkir o‘sig‘i;
6–quymich suyagining shoxi; 7–yopg‘ich teshigi; 
8–qov suyagining pastki shoxi; 9–simfizial
yuza; 10–qov do‘mboqchasi; 11–qov suyagining 
ustki shoxi; 12–qov suyagining qirrasi;
13–ravoqsimon chiziq.
Qanotning tashqi yuzasida dumba mu shaklari boshlanadigan 
uchta chiziq bor. Eng uzun oldingi dumba chi zig‘i
 
yonbosh suya-
gining oldingi ustki o‘sig‘idan boshlanib, katta quymich kemti-
gi tomon ravoq shaklida yo‘naladi. Nisbatan qisqa orqa dumba 
chizig‘i
 
oldingi chiziqning orqa qismiga parallel joylashgan. Bosh-
qalardan qisqa pastki dumba chizig‘i
 
yonbosh suyagining oldingi 
ustki va pastki o‘siqlarining o‘rtasidan boshlanib, ravoq shaklida 
quymich kosachasi ustidan o‘tib katta quymich kemtigigacha bora-
di. Qanot ning ichki botiq yuzasida yonbosh chuqurchasi
 
bor. Uni 
pastki tomondan ravoqsimon chiziq
 
chegaralab turadi. Bu chiziq 
quloqsimon yuzaning
 
oldingi chekkasidan boshlanib, yonbosh-qov 
tepachasiga o‘tib ketadi.
Quloqsimon yuza dumg‘aza suyagining shu nomli yuzasi bilan 
bo‘g‘im hosil qiladi. Bu yuzaning ustida bo‘g‘imlararo boylamlar 
birikadigan yonbosh g‘adir-budirligi joylashgan. 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin