Anatomiya 2014. indd


Distal bilak-tirsak bo‘g‘imi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Distal bilak-tirsak bo‘g‘imi
(articulatio radioul-
naris distalis)
 
tirsak suyagi boshchasidagi bo‘g‘im gir 
aylanasi bilan bilak suyagining tirsak kemtigi o‘rta-
46-rasm. Bilak suyaklarining o‘zaro birlashuvi.
Old tomondan ko‘rinishi:
1–tirsak o‘sig‘i; 2–g‘altaksimon kemtik; 3–tirsak suyagi; 
4–bilak suyaklariaro parda; 5–tirsak suyagining bigizsimon 
o‘siqchasi; 6–distal bilak-tirsak bo‘g‘imi; 7–kaft suyakla-
ri bo‘g‘im yuzasi; 8–bilak suyagining bigizsimon o‘siqchasi; 
9–bilak suyagi; 10–qiyshiq xorda; 11–bo‘g‘im gir aylanasi.


95
sida hosil bo‘ladi. Bilak suyagining tirsak kemtigidan boshlangan 
uchburchak shakldagi bo‘g‘im diski
 
tirsak suyagining bigizsimon 
o‘simtasi tomon yo‘nalib, bu bo‘g‘imni bilak-kaft usti bo‘g‘imi-
dan ajratib turadi.
Bo‘g‘im xaltasi erkin bo‘lib, u suyaklarning bo‘g‘im yuzalari 
va bo‘g‘im tog‘ayi chekkasi bo‘ylab birikadi. Proksimal va distal 
bilak-tirsak bo‘g‘imlari birgalikda silindrsimon hamkor bo‘g‘imni 
hosil qiladilar. Ularda harakat bo‘ylama o‘q atrofida bo‘lib, bilak 
ichkariga va tashqariga buriladi.
Bilak-kaft usti bo‘g‘imi
(artculatio radiocarpea) (47-rasm) 
bilak suyagining kaft suyaklari bo‘g‘im yuzasi, medial tomon-
dan bo‘g‘im diski
 
va kaft usti suyaklarining birinchi qatoridagi 
uchta: qayiqsimon, yarim oysimon va uch qirrali suyaklarning 
proksimal bo‘g‘im yuzalari o‘rtasida hosil bo‘ladi. Tuzilishi ji-
hatidan bilak-kaft usti bo‘g‘imi murakkab bo‘lib, shakl jihatidan 
ellipssimon bo‘g‘imlar guruhiga kiradi. Bo‘g‘im xaltasi suyak-
larning bo‘g‘im yuzalari chekkasi bo‘ylab birikkan bo‘lib, orqa 
tomonda yupqa bo‘ladi. Bo‘g‘im xaltasini yon tomonda joylash-
gan kaft ustining bilak kollateral va kaft ustining tirsak kollate-
ral boylamlari mustahkamlab turadi. Bo‘g‘imning kaft yuzasida 
bilak suyagi bo‘ g‘im yuzasining oldingi chekka sidan boshlanib, 
kaft usti suyaklarining birinchi qatoriga va boshchali suyakka 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin