Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Oyoq kamari suyaklari
Chanoq suyagi
(os coxae,
 
48-, 49-rasm) juft yassi suyak bo‘lib, 
odamning tana og‘irligini oyoqqa o‘tkazadi va chanoq bo‘shlig‘ida-
gi a’zolarni tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi. 16 yoshgacha 
chanoq suyagi 3 ta alohida: yonbosh, qov va quymich suyakla-
ridan iborat bo‘lib, ular o‘zaro tog‘ay qatlam vositasida birik-
kan. Keyinchalik bu suyaklar suyaklanib, bir butun chanoq suya-
gini hosil qiladi. Uning tashqi yuzasida (3 ta suyakning o‘zaro 
birlashgan joyida) son suyagining boshchasi kirib turadigan quy-
mich kosachasi
 
bor. U qirra bilan o‘ralgan bo‘lib, medial tomo-
nida o‘ymasi
 
bor. Quymich kosachasini chetini son suyagi bosh-
chasi bilan bo‘g‘im hosil qiluvchi yarim oysimon yuza
 
egallagan, 
tubi esa g‘adir-budir.
48-rasm. O‘ng chanoq suyagi.
Tashqi tomondan ko‘rinishi:
1–yonbosh suyagining qirrasi; 2–yonbosh suyagi-
ning qanoti; 3–oldingi dumba chizig‘i; 4–yonbosh 
suyagining oldingi ustki o‘tkir o‘sig‘i; 5–yonbosh 
suyagining oldingi pastki o‘tkir o‘sig‘i; 6–past-
ki dumba chizig‘i; 7–yarim oysimon yuza; 8–qov 
suyagi; 9–quymich kosachasining o‘ymasi;
10–yopg‘ich teshigi; 11–quymich suyagi;
12–kichik quymich kemtigi; 13–quymich suyagi-
ning o‘tkir o‘sig‘i; 14–katta quymich kemtigi;
15–yonbosh suyagining orqadagi pastki o‘tkir 
o‘sig‘i; 16–yonbosh suyagining orqadagi ustki 
o‘tkir o‘sig‘i; 17–orqa dumba chizig‘i.
Yonbosh suyagi
(os ilium)
 
ikki qismdan: pastki qalinlashgan, 
quymich kosachasini yuqori qismini hosil qilishda qatnashadigan 
tanasi va yuqorigi kengaygan yonbosh suyagi qanotidan iborat.
Yonbosh suyagining qanoti S shaklida, o‘rtasi yupqalashgan, 
uning chekkasi qalinlashib va yelpig‘ichsimon kengayib, yonbosh 
suyagi qirrasini hosil qiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin