III
kaft suyagi bilan bo‘g‘im hosil qiladi.
Kubsimon suyak (os cuboideum)
lateral tomonda tovon suyagi
bilan IV–V kaft suyaklari o‘rtasida joylashgan bo‘lib, ular bilan
birlashadigan bo‘g‘im yuzalari bor. Bundan tashqari uning medial
tomonida tashqi ponasimon suyak bilan birlashadigan bo‘g‘im
yuzasi mav jud. Kubsimon suyakning pastki tomonida kubsimon
suyak g‘adir-budurligi,
uning oldida uzun kichik boldir mushagi
payining egati joylashgan.
Oyoq kafti suyaklari (ossa metatarsi)
5 ta kalta naysimon
suyakdan iborat. I kaft suyagi qisqa va yo‘g‘on, II kaft suyagi esa
eng uzun. Oyoq kafti suyaklarida tanasi,
boshchasi
va asosi tafo-
vut qilinadi. Ularning tanasi prizma shaklida, qavariqligi kaft us-
tiga qaragan. I kaft suyagining asosi medial ponasimon suyakda-
gi bilan, II va III kaft suyaklari asosi oraliq va lateral ponasi-
mon suyaklari bilan, IV va V kaft suyaklari asosi esa kubsimon
suyak bilan bo‘g‘im hosil qiladi. V kaft suyagining tashqi tomo-
nida qisqa kichik boldir mushagi birikadigan V oyoq kafti suyagi-
ning do‘ngligi joylashgan.
Barmoq suyaklari
(ossa digitorum) qo‘lga nisbatan qisqa va
yo‘g‘on. II–V barmoqlar uchta (proksimal, o‘rta va distal), I bar-
moq
esa ikki: proksimal va distal falangalardan iborat. Barmoq
falangalarining tanasi,
boshchasi
va asosi
tafovut qilinadi. Proksi-
mal va o‘rta falangalarning tanalari kaft orqasi tomonga biroz qa-
vargan. Proksimal falangalarning asosida kaft suyagi boshchasi bi-
lan bo‘g‘im hosil qiladigan yassilashgan chuqurcha, o‘rta va distal
falangalarning asosida undan yuqorigi falanga bilan bo‘g‘im hosil
qiladigan, qirra bilan bo‘lingan ikkita yassi yuza bor. Distal falan-
galarda do‘nglik mavjud.