Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

BOSH SKELETI
Bosh skeleti yoki kalla suyaklari
(cranium) tuzilishi jihatidan 
skeletning eng murakkab, ahamiyati jihatidan eng kerakli qismi 
(58-rasm). Kalla suyaklari (pastki jag‘dan tashqari) o‘zaro choklar 
vositasida mustah kam birikkan. Uning ichida odam uchun zarur 
bo‘lgan a’zo bosh miya joylashgan. Kalla skeletining bu qismi neu-
rocranium
 
deb ataladi. 
Kalla suyagining ayrim qism lari sezgi a’zolarini (eshituv-muvo-
zanat, ko‘ruv va hid sezuv) qoplab, ularni tashqi muhit ta’siridan 
saqlab turadi. Bundan tashqari kalla skeletining yuz qismi yoki vis-
seral qismida ovqat hazm qilish va nafas a’zolari tizimining bosh-
lang‘ich qismlari joylashgan. Yuz qismi y ana chaynov apparatiga 
ham kiradi, chunki bu qism suyaklariga chaynov mushaklari birik-
kan. Kalla skeletining ikki qismi bir-biridan faqat vazifasiga qarab 
emas, balki taroqqiyoti jihatidan ham farq qiladi. Kallaning miya 
qismini ikkita juft: chakka va tepa suyaklari hamda to‘rtta toq: pe-
shona, g‘alvirsimon, ponasimon va ensa suyaklari hosil qiladi.
Kallaning yuz qismiga olti-
ta juft: ustki jag‘, burun, ko‘z 
yoshi, yonoq, tanglay va pastki 
burun chig‘anog‘i, shuningdek
58-rasm. Kalla suyagi.
Yon tomondan ko‘rinishi:
1–peshona suyagi; 2–burun suyagi; 
3–yonoq suyagi; 4–ustki jag‘ suyagi;
5–pastki jag‘; 6–ponasimon suyak; 
7–chakka suyagi; 8–ensa suyagi;
9–tepa suyagi.


116
ikkita toq: pastki jag‘ va dimog‘ suyaklari kiradi. Bu qismga til osti 
suyagi ham kiradi. Ko‘pgina kalla suyaklarida qon tomir va nerv-
lar o‘tadigan teshiklar va kanallar bor. Kallaning ba’zi suyakla-
rida havo saqlovchi bo‘shliqlar yoki katakchalar bo‘ladi. Kalla-
ning shakli bosh miya va chavnov apparatini taroqqiyotiga bog‘liq 
bo‘ladi. Odam kallasining miya qismi yuz qismiga nisbatan kat-
ta bo‘ladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin