Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Tizza bo‘g‘imi
Tizza bo‘g‘imi
(articulatio genus,
 
56-rasm) odam gavdasidagi 
eng katta bo‘g‘imdir. U tuzilishi jihatidan murakkab, shakl jihati-
dan do‘ngli bo‘g‘im turiga kiradi. Uni hosil bo‘lishida uchta suyak: 
son, katta boldir suyagi va tizza qopqog‘i ishtirok etadi. Son suya-
gi do‘ngliklarining ellipssimon bo‘g‘im yuzasi katta boldir suyagi-
ning yuqori bo‘g‘im yuzasini hosil qi luvchi ovalsimon botiqlikka 
mos kelmaydi. Shuning uchun bo‘g‘im yuzalari o‘rtasidagi kem-
tik bo‘g‘im ichida joylashgan lateral va medial menisklar hisobiga 
to‘ldiriladi. Tizza qopqog‘ining orqa yuzasida joylashgan bo‘g‘im 
yuzasi faqat son suyagi bilan birlashadi. Har bir menisk yarim oy 
shaklidagi tog‘ay plastinkadan iborat. Uning qalin chekkasi tash-


111
56-rasm. O‘ng tizza bo‘g‘imi.
Old tomondan ko‘rinishi:
1–tizza qopqog‘i yuzasi; 2–medial do‘nglik; 
3–orqadagi xochsimon boylam; 4–oldingi me-
nisk-son boylami; 5–medial menisk; 6–katta 
boldir yonlama boylami 7–tizza qopqog‘ining 
boylami; 8–tizza qopqog‘ining bo‘g‘im yuza-
si; 9–boldirning suyaklararo pardasi; 10–kichik 
boldir suyagining boshchasi; 11–kichik boldir 
suyagi boshchasining oldingi boylami;
12–lateral menisk; 13–sonning ikki boshli
mushagi payi; 14–kichik boldir yonlama boy-
lami; 15–lateral do‘nglik; 16–tizzaning ko‘nda-
lang boylami; 17–oldingi xochsimon boylam.
qariga qaragan bo‘lib, bo‘g‘im xaltasiga birikkan bo‘ladi. Yupqa-
lashgan ichki chekkasi esa bo‘g‘im ichiga qaragan. Medial menisk 
ingichka yarim oysimon shaklda bo‘lib, lateral menisk nisbatan 
keng bo‘ladi. Ularning uchlari do‘nglararo tepalikka boylamlar vo-
sitasida birikib turadi. Old tomondan ikkala menisk o‘zaro tizza-
ning ko‘ndalang boylami bilan birikib turadi.
Tizza bo‘g‘imining xaltasi yupqa, erkin va keng bo‘ladi. Tiz-
za bo‘g‘imi boylamlari bo‘g‘im sirti va bo‘g‘im ichi boylamlari-
ga bo‘linadi. Bo‘g‘im ichi boylamlari: oldingi xochsimon boylam 
son suyagining lateral do‘ngligining medial yuzasidan boshlanib, 
do‘nglar orasidagi oldingi maydonga birikadi. Orqa xochsimon 
boylam son suyagi medial do‘ngligining lateral yuzasidan boshla-
nib, do‘nglar orasidagi orqa maydonga birikadi. Tizza bo‘g‘imi-
ning bo‘g‘im sirti boylamlari uning yon, old va orqa tomonlarida 
joylashib o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Bo‘g‘imning yon to-
monlarida katta va kichik boldir yonlama boylamlari joylash gan.
Bo‘g‘imning old tomonida tizza qopqog‘ining cho‘qqisidan 
bosh lanib, katta boldir suyagi g‘adir-buduriga birikkan qalin va 
kuchli tizza qopqog‘i boylami joylashgan. Bu boylam sonning to‘rt 
bosh li mushagi payi bo‘lib, pay ichida tizza qopqog‘i hosil bo‘lga-
nidan so‘ng boylamga aylanib ketadi. Bo‘g‘imning orqa yuza sida 
bo‘g‘im xaltasiga birikib ketgan taqimning qiyshiq boylami
 
va ta-
qimdagi ravoqsimon boylam joylashgan.
Tizza bo‘g‘imida harakat ikki o‘q atrofida: frontal o‘q atrofi-
da – boldirni bukish va yozish, vertikal o‘q atrofida – ichkariga 
va tashqariga burish sodir bo‘ladi.


112
Katta va kichik boldir suyaklari o‘zaro uzluksiz va uzlukli 
birlash malar vositasida birikadi.
Boldir suyaklari o‘rasidagi bo‘g‘im
 
kichik boldir suyagi bosh-
chasining bo‘g‘im yuzasi bilan katta boldir suyagining kichik boldir 
bo‘g‘im yuzasi o‘rtasida bo‘ladi. Suyaklarning bo‘g‘im yuzasi yassi 
bo‘lgani uchun yassi bo‘g‘imlar turkumiga kiradi. Bo‘g‘im xalta-
si tarang bo‘lib, bo‘g‘im yuzalarining chekkasiga birikadi. Bo‘g‘im 
xal tasini tashqi tomondan ikki suyak o‘rtasida tortilgan kichik bol-
dir suyagi boshchasining oldingi va orqa boylamlari mustahkam-
lab turadi. Bu bo‘g‘imda harakat chegaralangan bo‘ladi.
Boldir suyaklarining pastki uchlari o‘zaro uzluksiz birlashma-
boldir suyaklariaro sindesmoz hosil qilib birlashadi. Bunda katta 
boldir suyagining kichik boldir kemtigi va lateral to‘piqning bo‘-
g‘im yuza si ishtirok etadi. Bu bo‘g‘im harakatsiz bo‘lib, uni tashqi 
tomondan lateral to‘piq va katta boldir suyagi o‘rtasida tortilgan 
oldingi va orqa boldir suyaklariaro boylamlar mustahkamlab tu-
radi. Bu ikki birlashmadan tashqari boldir suyaklarining suyaklar-
aro qirralari o‘rtasida suyaklararo parda tortilgan bo‘ladi. Bu par-
da bilakdagiga nisbatan qalin va mustahkam bo‘lib, uning yuqori 
va pastki qismlarida qon tomirlar uchun teshiklar bor.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin