129
mondan ustki jag‘ning peshona o‘sig‘i bilan, orqa tomondan g‘al-
virsimon suyakning ko‘z kosasi plastinkasi bilan, yuqoridan pesho-
na suyagini ko‘z kosasi qismi ichki chekkasi bilan chegaralanadi.
Lateral yuzada joylashgan ko‘z yoshi suyagining orqa qirrasini ol-
dida joylashgan ko‘z yoshi egati bilan qo‘shilib ko‘z yoshi xaltasi-
ning chuqurchasini hosil qiladi.
Burun suyagi
(os nasale)
bir juft bo‘lib, to‘rtburchakli plas-
tinka shaklida. U yassi suyaklar guruhiga kiradi. U ikki tomon dan
medial qirralari vositasida o‘zaro birikib burun orqasini hosil qila-
di. Yuqori qirrasi peshona suyagining burun qismiga, lateral chek-
kasi ustki jag‘ suyagining peshona o‘sig‘iga birikadi. Pastki qirrasi
erkin bo‘lib, burun teshigini yuqo ri tomondan chegaralaydi.
Tanglay suyagi
(os palatinum)
juft bo‘lib, ko‘z kosasi, burun
bo‘sh lig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i va qanot-tanglay chuqurchasini hosil qi-
lish da ish tirok etadi (69-rasm). U bir-biriga to‘g‘ri burchak hosil qi-
lib, birikkan gorizontal va perpendikulyar plastinkalardan iborat.
Gorizontal plastinka
old tomondan ustki jag‘ning tanglay o‘sig‘i
bilan, medial tomondan esa qarama-qarshi plastinka bilan o‘rta
chok vositasida birikadi va qattiq tanglayni hosil qilishda ishtirok
etadi. Uning orqa chekkasi silliq va erkin bo‘lib, ko‘ndalangiga bu-
kilgan; og‘iz bo‘shlig‘i ga qaragan pastki yuzasi g‘adir-budir, burun
bo‘shlig‘iga qaragan yuzasi
Dostları ilə paylaş: