130
lay kanalini hosil qilib, katta tanglay teshigi bo‘lib ochiladi. Go-
rizontal plastinkaning medial yuzasida ikkita gorizontal: o‘rta bu-
run chig‘anog‘i birikadigan g‘alvirsimon
suyak qirrasi
va past-
ki burun chig‘anog‘i birikadigan chig‘anoq qirrasi
bor. Tang lay
suyagida uchta:
piramidal, ko‘z kosasi va ponasimon o‘siqlar ta-
fovut qilinadi.
Piramidasimon o‘siq
tanglay suyagining perpendikulyar va
gori zon tal plastinkalari birikadigan joydan orqaga,
pastga va late-
ral tomonga chi qib, ponasimon suyak qanotsimon o‘simtasining
lateral va medial plastin kalari orasiga kiradi. Uning ichidan kichik
tanglay kanallari o‘tib, ki chik tanglay teshiklari bo‘lib ochiladi.
Ko‘z kosasi o‘sig‘i
oldinga va lateral yo‘nalib, ko‘z
kosasi ning
past ki devorini hosil qilishda ishtirok etadi.
Ponasimon o‘siq orqaga va medial tomonga yo‘naladi va pona-
simon suyak tanasini pastki yuzasiga birikadi. Ko‘z kosasi o‘sig‘i
bilan ponasimon o‘siq o‘rtasida ponasimon-tanglay o‘ymasi, po-
nasimon suyak bilan qo‘shilganida ponasimon-tanglay teshigini
hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: