Anatomiya 2014. indd


hosil qiladi. Uchi orqaga va ichkariga yo‘nalgan, undan ko‘ruv  nervi kanali



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
hosil qiladi. Uchi orqaga va ichkariga yo‘nalgan, undan ko‘ruv 
nervi kanali
 
o‘tadi. Ko‘z kosasining to‘rtta: ustki, pastki, medial 
va lateral devori bor.
Ustki devori
 
gorizontal joylashgan bo‘lib, biroz qavariq va 
silliq. Uni peshona suyagining ko‘z kosasi qismi va ponasimon 
suyakning kichik qanotlari hosil qiladi. Bu devor bilan lateral de-
vor 
о
‘rtasida ko‘z yoshi bezining chuqurchasi
 
joylashgan. Ustki 


137
devorning medial chekkasida g‘altak chuqurchasi, uning yonida 
ko‘pincha, g‘altak o‘simtasi uchraydi.
Medial devori
 
sagittal joylashgan. Uni ustki jag‘ suyagining 
pe shona o‘sig‘i, ko‘z yoshi suyagi, g‘alvirsimon suyakning ko‘z 
plastinkasi, ponasimon suyak tanasi va peshona suyagining ko‘z 
kosasi qismi hosil qiladi. Bu devorning oldingi qismida ko‘z yoshi 
xaltasining chuqurchasi joylashgan. Pastga tomon bu chuqurcha 
burun-ko‘z yoshi kanaliga o‘tadi va pastki burun yo‘liga ochila-
di. Ko‘z yoshi xaltasining chuqurchasidan orqaroqda medial de-
vorning yuqori qismida ikkita: oldingi va orqa g‘alvirsimon teshik
 
bo‘lib, ulardan shu nomdagi qon tomir va nervlar o‘tadi.
Pastki devori
 
ustki jag‘ suyagining ko‘z kosasiga qaragan yuza-
si, yonoq suyagining ko‘z kosasiga qaragan yuzasi va tanglay suya-
gining ko‘z kosasi o‘sig‘idan hosil bo‘lgan. Bu devorda ko‘z kosa-
sining ost ki egati joylashgan. Bu egat yuqori jag‘ suyagining oldin-
gi yuzasiga ochiladigan shu nomdagi kanalgacha davom etadi.
Lateral devori
 
ponasimon suyak katta qanotining ko‘z kosasi-
ga qaragan yuzasi, yonoq suyagining peshona o‘sig‘i va peshona 
suyagining yonoq o‘simtasidan hosil bo‘ladi. Bu devorda yonoq-
ko‘z kosasi teshigi bor. Ko‘z kosasining lateral va ustki devorla-
ri o‘rtasida ko‘z kosasining ustki yorig‘i
 
bo‘lib, u o‘rta kalla chu-
qurchasiga ochiladi. Lateral va pastki devor o‘rtasidagi ko‘z ko-
sasining pastki yorig‘i qanot-tanglay va chakka osti chuqurchala-
riga ochiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin