139
joy lashgan. Ustki jag‘ suyagi tanglay o‘sig‘ining orqa chekkasi-
ni tang lay suyagi gorizontal plastinkasi birikkan joyda ko‘ndalang
tang lay choki bor.
Kallaning yon qismida chakka, chakka osti va qanot-tanglay
chuqurchalarini ko‘rish mumkin.
Chakka chuqurchasi
orqa va yuqoridan chakkaning pastki chizig‘i,
pastdan chakka osti qirrasi va yonoq ravog‘ining oldingi chekkasi,
oldindan yonoq suyagi bilan chegaralanadi. Bu chuqurchani chakka
mushagi to‘ldirib turadi.
Chakka osti chuqurchasining
ustki devorini chakka suyagi va
ponasimon suyakning katta qanoti, medial devorini qanotsimon
o‘simtaning lateral plastinkasi hosil qiladi. Uning oldingi devori
ustki jag‘ suyagi do‘mboqchasi va yonoq suyagidan hosil bo‘lgan.
Chakka osti chuqurchasi old tomondan ko‘z kosasining ostki yori-
g‘i orqali ko‘z kosasiga, ichki tomondan qanotsimon-ustki jag‘
yorig‘i
Dostları ilə paylaş: