430
muvofiq kolonnaga (10) o‗xshashdir. Propanni
xomashyoga nisbati ikkinchi
pog‗ona uchun birinchisiga nisbatan kattaroq qabul qilinadi. Deasfaltizat I-chi
eritmadan asosiy miqdordagi propan ketma-ket bir-biri bilan ulangan (21 va 22)
bug‗lantirgichlarda
ajratiladi,
deasfaltizat
II-chi
eritmadan
esa
bug‗lantirgichlarda (20 va 23) ajratiladi. Juda ham past haroratlarda ishlaydigan
bug‗lantirgichlarda (20 va 21) issiqlik tashuvchi sifatida bosimi 0,6 MPa.ga
yaqin bulgan suv bug‗laridan foydalaniladi, yuqori haroratli bug‗lantirgichlarda
(22 va 23) – suv bug‗ining bosimi 1,0 MPa.ga teng bo‗ladi. Deasfaltizatlarning
I-chi va II-chilari amalda to‗liq propandan mos holda (29 va 31) likopchali
turdagi bug‗lantirish kolonnalaridan ozod bo‗ladi, bu yerda oquvchi suyuqliklar
qarshi oqimli suv bug‗lari bilan shamollatiladi. Undan keyin ikkali deasfaltizat
ham nasoslar (27 va 30) yordamida sovutgichlar (25 va 26) orqali rezervuarga
beriladi.
Bug‗lantirgichdan chiqadigan (20 va 21) yuqori bosimli propan bug‗lari
(2,7-2,8 MPa) havoli sovutish apparatida (7) kondensatsiyalanadi;
kondensat
kojux quvurli suvli sovutgich (6) orqali qabul qilgichga (5) kirib keladi.
Bug‗lantirgichlarda ajratilgan bug‗lar (22 va 23) (juda yuqori bosimda
ishlayotgan - 1,8 MPa) havoli sovutish apparatlarida (17) kondensatsiyalanadi;
shu yerda hosil bo‗lgan kondensat qabul qilgichga (16) oqib o‗tadi. Bug‗lanib
yo‗qotilishni to‗ldirish uchun bu qabul qilgichga atrofidan texnik propan
beriladi. Propan qabul qilgichdan (16) nasos (13) yordamida qabul qilgichga (5)
uzatiladi.
II-chi pog‗ona bitum eritmasi sarf rostlagichdan (11) o‗tib, quvurli pechda
(19)
qizdiriladi; bug‗lantirilgan propan suyuqlikdan ajratgichda (24) ajratiladi.
Bu yerdan ketayotgan bug‗lar keyin kondensator-sovutgichda (7) to‗planadi.
Birlashtirilgan bitum eritmasi ajratgichdan (24) chiqishda bug‗lantirish (34)
kolonnasida (likopchali ko‗rinishdagi) suv bug‗lari yordamida purkaladi.
Bug‗lantirish kolonnalaridan (29,31 va 34) katta bo‗lmagan ortiqcha
bosim ostida ketadigan propan va suv bug‗larining aralashmalari to‗silgan
umumiy kondensator - sovutgich aralashtirgichga (33) to‗planadi.