―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


 Gudronlarni suyuq propan bilan bir pog‗onali deasfaltlash



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

10.5. Gudronlarni suyuq propan bilan bir pog‗onali deasfaltlash 
(deasfaltizatsiya) qilish qurilmasi
Gudronlarni suyuq propan bilan bir pog‗onali deasfaltizatsiya qilish 
qurilmasining asosiy mahsuloti deasfaltizat hisoblanadi, qaysiki, parafin-naftenli 
uglevodorodlarning konsentratsiyasi xom-ashyonikiga nisbatan yuqori bo‗ladi. 
Gudronda yoki konsentratning tarkibidagi propan parafinlarni, parafin-
naftenlarni va yengil aromatik uglevodorodlarni juda yaxshi eritadi. Asfaltenlar, 
smolalar va politsiklik aromatik uglevodorodlar boshqa mahsulotlarda 
konsentratsiyalanadi-bitumda deasfaltizatsiyalanadi, propanni aralashmasi bilan 
birgalikda (30 - 35 % ase. aralashmada) deasfaltizatsiya kolonnasining pastki 
qismidan olib ketiladi.
Deasfaltlash metallarning miqdori (nikel‘ va vanadiy) xomashyoga 
nisbatan juda kam; chuqur oltingugurtsizlashtirish kuzatilmaydi. 
Qurilmaning tarkibiga quyidagi asosiy seksiyalar kiradi: deasfaltizatsiya, 
yuqori bosim ostida propanni regeneratsiya ( 2,5 dan 1,8 MPa.gacha) qilish, past 
bosim ostida propanni regeneratsiya (atmosfera bosimidan ozgina yuqori) qilish. 
Qurilmaning texnologik sxemasi 10.8-rasmda keltirilgan. 


424 
10.9 - jadval
Deasfaltizatlarning ko‗rsatgichi quyidagicha: 
 
O‗rtacha molekulyar massasi 
20°C dagi zichligi, kg/m
3
100°C dagi qovushqoqligi, mm
2
/s 
Konradson bo‗yicha kokslanishi, % (massasiga niS) 
yog‗li xomashyo ishlab chiqarishda 
kreking uchun xomashyo ishlab chiqarishda
500—650 
895—930 
18—26 
0,8—1,3 
kam (1,6 gacha) 
2—3 (katta emas) 
Qoldiq xomashyo (gudron yoki konsentrat) nasos yordamida bug‗li 
qizdirgich (3 ) orqali deasfaltizatsiya kolonnasining (4) o‗rta qismiga beriladi. 
Ba‘zi bir qurilmalarda xomashyoni qizdirgichga (3) kiritguncha unga propan 
(kam miqdorda) kiritiladi, gidravlik zarbadan holi bo‗lish uchun 
aralashtirgichdan foydalaniladi. 
Suyultirilgan propan qabul qilgichdan (11) nasos (10) yordamida olinadi 
va bug‗li qizdirgich (2) orqali kolonnaning pastki (4) zonasiga yo‗naltiriladi. 
Kolonnaning o‗rta qismidagi propan kiruvchi oqimga tushib keluvchi o‗ta 
qizdirilgan xomashyo va ichki retsirkulyat bilan kontaktlashadi. Kontaktlash 
zonasida likopcha qovurg‗a yoki nasadkalar joylashtiriladi. Kirib keladigan 
xomashyoni va propanni kolonnaning kesim yuzasi bo‗yicha teng taqsimlash 
uchun katta teshikli – ko‗p sonli quvur konstruksiyali taqsimlagichdan 
foydalaniladi, kirish qismini boshlanishi xomashyo uchun – pastga qaratilgan, 
propan uchun – yuqoriga qaratilgan. 


425 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin