―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
10.8 – jadval 
―El‘-Dji Kalteks‖ qurilmasining dastlab ishga tushirilgandagi foydalanish 
ko‗rsatgichlari 
Parametr 
Qiymat 
ED kolonnasi xomashyo sarfi 
26,420 
Benzol tozaligi, mass. % 
99.995 
Toluol tozaligi, mass. % 
99.99 
Benzoln boshqarish samaradorligi 99.9% 
Toluolni ushlash samaradorligi 
99.99% 
Ksilollarni ushlash samaradorligi 
100% 
Rafinatda Solvent miqdori v, ppm <1 
Ekstraktda Solvent miqdori,ppm<1 
Rafinatda aromatiklar miqdori, 
< 0.01 
mass. % 
Energiya iste‘moli, kkal/kg xomashyo 
190 
―Pareks‖ seolitli deparafinizatsiya jarayoni
 
Germaniyada (sobiq GDR) ishlab chiqarilgan jarayonning maqsadli 
vazifasi, distillyatli, asosan kerosinli va dizelli fraksiyalardan yuqori tozalik 
darajasidagi 
normal 
parafinlarni 
va 
past 
haroratlarda 
muzlovchi 
denormalizatorlar – reaktiv va dizel yonilg‗ilarining qishki va arktik navlarining 
komponentlarini olishdir. ―Pareks‖ jarayonida olinuvchi parafinlar oksil-vitamin 
konsentratlari, yuvuvchi vositalar, sirti-faol moddalar va neft kimyo sintezining 
boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida foydalaniladi. 
Jarayonning xomashyosi keng yoki tor fraksion tarkibli (mahsulotga 
qo‗yiladigan talabdan kelib chiqib) to‗g‗ridan-to‗g‗ri haydalgan kerosin 


421 
hisoblanib, oldindan gidrotozalashdan o‗tkaziladi. Adsorbent sifatida seosorb 
5AM (SaA turdagi) seolitidan foydalaniladi. Molekulyar-elak effektiga ega 
bo‗lgan, foydalaniluvchi adsorbent – seolit, n-alkanlarni ularning izo- yoki siklik 
tuzilishdagi uglevodorodlar bilan aralashmasidan tanlab adsorbsiyalaydi. 
―Pareks‖ jarayonining o‗ziga xos xususiyati adsorbsiyani xomashyoni tashuvchi 
gaz hisoblanuvchi, tarkibida suv bo‗lgan gaz sirkulyatsiyasi muhitida olib 
borishidir. 
Sirkulyatsiyalanuvchi 
tashuvchi-gazni 
qo‗llash 
seolitning 
adsorbsiyalash imkoniyatini tezda pasayib ketishini oldini oladi va qurilmaning 
uzoq vaqt ishlashiga sharoit yaratadi.
Quyida, misol tariqasida, xomashyo va seolitli deparafinlash mahsulotlari 
sifati ko‗rsatgichlari keltirilgan: 
Jarayonda n -alkanlarni ajratib olish darajasi potensialdan massaning 
90…95 %ni tashkil etadi. Adsorbent desorbsiyasi adsorbsiyalangan n-alkanlarni 
siqib chiqaruvchisi ammiakning qizdirilgan bug‗lari bilan amalga oshiriladi. 
Jarayonning ikkala bosqichi ham - adsorbsiya va desorbsiya – bug‗ fazali bo‗lib, 
380°С atrofidagi haroratda va 0,5...1 MPa bosimda amalga oshiriladi. 
Adsorbsiyaning davomiyligi desorbsiya davomiyligidan taxminan 2 marta kam. 
Shuning uchun ham qurilmada qo‗zg‗almas seolit qatlamiga ega muntazam 
almashinib ishlovchi 3 ta absorber nazarda tutilgan, ulardan bittasi adsorbsiya 
rejimida ishlasa, qolgan ikkitasi ayni vaqtda desorber sifatida ishlaydi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin