―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-rasm.GTC firmasi ED usuli bilan aromatiklarni ajratishning prinsipial texnologik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
10.5-rasm.GTC firmasi ED usuli bilan aromatiklarni ajratishning prinsipial texnologik 
sxemasi. 
 


414 
10.5. -jadval 
Ароматикларни ушлаш учун қўлланиладиган баъзи Сольвентларни таққослаш 
Solvent 
S/F 
Uchuvchanliklar nisbati (a) n-
geptan/benzol 
Tektiv-100 (GT-BTX )® 
3,0 
2,44 
Sul‘folan 
3,0 
2,00 
n-metilpirrolidon 
3,0 
1,95 
n-formilmorfolin 
3,0 
1,89 
Trietilenglikol‘ 
3,0 
1,44 
Tetraetilenglikol‘ 
3,0 
1,39 
Glikollar aralashmasi (KAROM) 
3,0 
1,35 
Solvent mavjud bo‗lmaganda 

0,57 
Bu o‗z navbatida, ekstraksiya distillyatsiya bosqichlarining kamroq soni, 
aromatiklarning yanada to‗liqroq tutilishi, tayyor mahsulotning yuqori tozaligi 
va Solventning kamroq sirkulyatsiya darajasini anglatadi. Amaliyotda kamroq 
samarali Solventlar keng fraksiyalardan bir vaqtda benzol va toluolni yoki 
benzol, toluol va ksilollarni ajratish uchun qo‗llashga imkon bermasligi sababli, 
faqatgina kam fraksiyali xomashyolar bilan ishlashi mumkin. 
Ayniqsa, yuqori ajratuvchanlikka ega bo‗lgan Solventlar ekstraksiya 
distillyatsiya tizimlarida qo‗llana olmaydi deb hisoblash qabul qilingan, chunki 
ular ekstraksiz distillyatsiya kolonnalari ichida ikkita suyuq faza hosil qilishga 
moyillik ko‗rsatadi. Haqiqatdan ham, yuqori ajratuvchanlikka ega bo‗lgan 
birkomponentli Solventlar suyuq fazalar orasidagi muvozanatga erishishga va 
aralashishiga qarshilik ko‗rsatadi, bu samara boshqa omillar ta‘sirida yanada 
kuchayishi mumkin. Bularning barchasi an‘anaviy distillyatsiya jarayonlari 
xususiyatini buzishi mumkin. Biroq, qo‗llaniladigan Solvent tarkibi va va ED 
kolonnalari ichki jihozlash konstruksiyasi kompozitsiyasi ikkita suyuq faza hosil 
bo‗lishi muammosini muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi. 
Solventning ajratuvchanligi bilan bog‗liq bo‗lgan barcha muammolar 
―Dji-Ti-Si‖ firmasi tomonidan ―Tektiv‖ deb nomlangan, patentlangan tarkibli 


415 
Solvent tizimini ishlab chiqilishi tufayli hal qilingan. Solvent komponentlarinig 
foydali xossalari bir-biri bilan o‗zaro kuchayadi. Solvent tizimi bir komponentli 
Solventlarga qaraganda, uglevodorodlarga nisbatan yuqori ajratuvchanlik va 
yanada yuqoriroq aralashtiruvchanlik xususiyatlariga ega. ―Tektiv‖ Solventi 
bilan ekstraksiyalashning samaradorligi sanoatda qo‗llaniladigan istalgan 
boshqa Solventlar tizimi analogik ko‗rsatgichlaridan ustunlikka ega. 
Yuqori ajratuvchan Solvent bilan ekstraksiya distillyatsiya jarayoni 
samaradorligini aniqlovchi yana bir muhim omil bu ekstraksiyalash 
distillyatsiya kolonnasi ichida yuqori samarali massa almashinish hisoblanadi. 
―Dji-Ti-Si‖ firmasi kolonnaning yaxshi kontaktni va fazalarning ortiqcha 
ajralishiga qarshilik ko‗rsatuvchi, patentlangan ichki jihozlardan foydalanadi.
Natijada qurilmaning barqaror ishlashi va har bir likopchada juda yuqori ajratish 
samaradorligiga erishiladi. 
Benzol, toluol va ksilollarni ajratish va tozalashning zamonaviy 
tizimlarida muhim omillar bu xomashyo tarkibiga nisbatan foydalanish 
texnologiyasi va moslashuvchanlikdir. Keyingi 10.7-rasmda aromatiklarni 
ajratish tizimining J-J va ED texnogoliyalari bo‗yicha ko‗rsatgichlar 
taqqoslanishi ko‗rsatilgan. 10.6-rasmda J-J ekstraksiya qurilmasining amaliy 
erishilgan ish diapazonlari GT-BTX texnologiyasi bo‗yicha ekstraksiyalash 
distillyatsiya tizimi bilan taqqoslanishi qo‗rsatilgan. J-J ekstraksiya tizimi 
stripping sirkulyatsiyalash oqimida С
5
komponentlarining keraksiz yig‗ilishi 
sababli, molekulasida 6 tadan kam uglerod atomi bo‗lgan xomashyolar bilan 
ishlay olmaydi. Boshqa tomondan J-J ekstraksiya tizimi suyuq fazadan Solvent 
yordamida og‗ir uglevodorodlarning samarasiz ajratib chiqarib olinishi sababli, 
xomashyo molekulalarida haddan tashqari ko‗p uglerod atomi soni bo‗lganida 
ham ishlay olmaydi. GT-BTX texnologiyasi bunday cheklovlarga ega emas 
Yengil komponentlar ularning odatdagi past uchuvchanligi sababli ichki 
retsiklni tashkil qilish zaruratisiz rafinat oqimiga oson o‗tadi. Og‗ir aromatiklar 
Solventga aralashishning kam moyilligiga qaramay, yuqori qaynash harorati 
sababli to‗liq ajratiladi. 


416 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin