Kirish Issiqlik elektr stansiyalari (IES) — qattiq, suyuq va gaz holatdagi organik yoqilgʻilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan qurilmalar majmui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (trubalar) batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbina (bugʻ dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga aylantirilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IESda ishlatiladigan yoqilgʻi issiqlik energiyasining faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni IES ning foydali ish koeffitsiyenti 30% ga tengdir. Foydali ish koeffitsiyenti qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bugʻ bosimi iloji boricha yuqori qilinadi va turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning hammasi sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi (kondensatlanadi) va qozon tizimiga yuboriladi.
Issiqlik elektr stansiyalarid issiqik energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda qo`llaniladigan asosiy yuritgich bug` turbinasi hisoblanadi.
Bug` va gaz turbinalari qurilmalarining samaradorligini oshirish, ularga yoqilg`i sarfini kamaytirish, atrof-muhitni zararli chiqindilardan himoyalash kabi dolzarb muammolarni hal etish issiqlik energetikasi mutaxassislari zimmasiga yuklanadi.