Elektr zanjir elektr tokni hosil qilish va uning o'tishini ta'minlaydigan qurilma va ob'ektlarning majmui bo'lib undagi elektromagnit jarayonlar elektr yurituvchi kuch (EYuK), tok va kuchlanish tushunchalari bilan ifodalanadi.
Elektr zanjir elektr tokni hosil qilish va uning o'tishini ta'minlaydigan qurilma va ob'ektlarning majmui bo'lib undagi elektromagnit jarayonlar elektr yurituvchi kuch (EYuK), tok va kuchlanish tushunchalari bilan ifodalanadi.
Elektr zanjir tushunchasi elektrotexnika fanining tayanch tushunchasidir.
Elektr energiya manbai, iste'molchi va ularni o'zaro birlashtiruvchi o'tkazgichlar elektr zanjirning asosiy elementlari, o'lchash asboblari, uzib – ulagichlar va himoyalash qurilmalari esa uning yordamchi elementlari hisoblanadi. Demak, elektr zanjir elementi bu elektr zanjir tarkibiga kiruvchi alohida qurilma bo'lib, u zanjirda aniq funksiyani bajaradi.
Elektr zanjirning elementlari shartli belgilar bilan tasvirlanadi.
Elektr zanjirning elementlari va ularni o'zaro ulanishining grafik tasviri elektr zanjirining sxemasi deb ataladi.
1-rasmda oddiy elektr zanjirining sxemasi keltirilgan.
G - akkumulyator - elektr energiya manbai. U kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylantiradi. EL – cho’g'lanma lampa - iste'molchi, unda elektr energiyasi yorug'lik energiyasiga aylantiriladi. SA - kalit, zanjirni ulab uzadi. pA - ampermetr, pV - voltmetr. To'g'ri chiziqlar - ulagich simlar - o'tkazgichlardir.
Elektr energiya manbalarining shartli belgilari-sxemalari: 2- a, b, v, g, rasmlarda keltirgan.
Elektr energiya manbalarida turli tabiatli energiya maxsus o'zgartgichlar vositasida elektr energiyaga aylantiriladi.
O'zgartiriladigan energiyaning turiga ko'ra elektr energiya manbalari kimyoviy va fizik manbalarga bo'linadi. Kimyoviy reagentlar orasida oksidlanish-
Kontur - elektr zanjirning shoxobchalaridan hosil bo'lgan berk yo'l.
Kontur - elektr zanjirning shoxobchalaridan hosil bo'lgan berk yo'l.
O'zgarmas tok - I harfi bilan, qarshilik - R va o'tkazuvchanlik - G harflar bilan belgilanadi.
Elektr zanjir elementi qismalaridagi kuchlanishni undan o'tuvchi tokka bog'liqligi elementning voltamper xarakteristikasi (VAX) deb ataladi (7-rasm). Masalan, rezistordan o'tuvchi tok bilan shu rezistordagi kuchlanish orasidagi bog'lanish rezistorning VAX bo'ladi.
Amalda abssissa o'qiga kuchlanish qiymatini, ordinata o'qiga esa tok qiymatini tanlangan masshtabda belgilab elementning VAX quriladi. Agar rezistor VAX to'g'ri chiziq bo'lsa, u holda bunday rezistor chiziqli rezistor, chiziqli elementlardan tuzilgan zanjir esa chiziqli zanjir deb ataladi (7-rasm, a). Agar rezistorning VAX egri chiziq bo'lsa (7 - rasm, b), u holda bunday rezistor nochiziq rezistor, bunday rezistorlardan iborat elektr zanjir esa, nochiziq elektr zanjir deb ataladi.
Shu paytgacha biz elektronlarni faqat elektr maydon ta'siridagi harakatini o'rganib keldik. Lekin ma'lumki, o'tkazgichdan o'tayotgan tok magnit maydonining manbaidir. Magnit maydoni esa o'tkazgichni nafaqat tashqarisida, balki ichkarisida ham mavjuddir.
Misol uchun I=10 A tok o'tayotgan va diametri d=1 mm bo'lgan o'tkazgich atrofidagi magnit maydonning induksiyasi В=4I/d Tl ( Vs/Am -magnit doimiysi). Tokning magnit maydoni Om qonunini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Darhaqiqat, magnit maydonida harakatlanayotgan elektronga uning trayektoriyasini buzuvchi Lorens kuchi ta'sir qiladi. Agar maydon induksiyasi B elektron tezligi v ga perpendikulyar bo'lsa, u holda elektron trayektoriyasi r=mv/eB radiusli aylana ko'rinishiga ega bo'ladi (m, e-elektron massasi va zaryadi). Agar B va vvektorlar orasidagi burchak bo'lsa, u holda elektron diametri d=2 (mv/eВ)sin li spiral bo'yicha harakat qiladi. Bunda elektron spiralning bir o'ramini
Т=2m/eВ vaqt davomida bosib o'tadi. Agar elektronning erkin harakatlanish vaqti >>T, bo'lsa, u spiral bo'ylab harakatlanadi (11-rasm, a). Bu holda spiralning diametri d· vaqt davomida magnit maydoni yo'qligida elektronning siljish masofasi l=v dan ancha kam bo'ladi. Shuning uchun vaqt davomida elektron diametri d bo'lgan quvurda "qamalib" qolganday bo'ladi.
Т=2m/eВ vaqt davomida bosib o'tadi. Agar elektronning erkin harakatlanish vaqti >>T, bo'lsa, u spiral bo'ylab harakatlanadi (11-rasm, a). Bu holda spiralning diametri d· vaqt davomida magnit maydoni yo'qligida elektronning siljish masofasi l=v dan ancha kam bo'ladi. Shuning uchun vaqt davomida elektron diametri d bo'lgan quvurda "qamalib" qolganday bo'ladi.
Natijada o'tkazgichning qarshiligi magnit maydon bo'lmagan holga nisbatan kattaroq bo'ladi. Binobarin, o'z tokining magnit maydoni ta'sirida bo'lgan o'tkazgichning R qarshiligini o'zgarishi katta toklarda Om qonunining buzilishiga olib keladi.