411
10.3 – rasm. Turli uglevodorodlar aralashmasini ajratishda Solventning ta‘siri.
Loyihada aramatiklar bilan birga chiqadigan yengil qo‗shimchalarni
bug‗latish kolonnasida bug‗latish yo‗li bilan tozalash ko‗zda tutiladi.
Amaliyotda retsirkulyatsiya sikllarining yetarlicha ko‗p sonida Solventda yengil
va og‗ir uglevodorodlar va noaromatik qo‗shimchalar yig‗ilishi yuz beradi.
Agarda xomashyo tarkibida naftenlar va olefinlar ko‗p bo‗lsa bu ta‘sir yanada
kuchayishi mumkin, bu esa energiya sarfini sezilarli darajada oshiradi.
10.4-rasm. Sul‘folandan foydalanib aromatiklarni ajratish prinsipial sxemasi.
Ekstraksiyalash distillyatsiya qurilmasi ish
prinsipi yuqori ajratuvchan
Solvent mavjudligida komponentlarning nisbiy uchuvchanligi o‗zgarishiga
412
asoslangan. Bu samara 10.3 rasmning o‗ng qismida ko‗rsatilgan. Odatda
ekstraksiyalash distillyatsiya faqat molekulalarida ikkitadan ko‗p bo‗lmagan
turli sondagi uglerod atomlaridan, masalan С
6
va С
7
dan
iborat komponentli
xomashyoni qayta ishlashga imkon beradi deb hisoblangan. Bu haqiqatdan ham
bugungi
kunda
qo‗llanilayotgan
ekstraksiyalash
distillyatsiya
texnologiyalarining ko‗pchiligida shunday. Biroq Solvent va ED qurilmasi
samarali konstruksiyasini muvaffaqiyatli tanlaganda benzol, toluol va kselollarni
xomashyoda mavjud bo‗lgan boshqa komponentlardan ajratishni keng qaynash
harorati diapazonlarida bajarish mumkin. Bu texnologiya sanoat miqyosida 2000
yildan boshlab qo‗llanilgan.
BTK ni ekstraksiyalash distillyatsiya usulida tutish 10.5 rasmda
ko‗rsatilgan ikkita kolonnada amalga oshiriladi.
Birinchisi ekstraksiyalash
distillyatsiya kolonnasi bo‗lib, bu yerda xomashyo komponentlarining ajralishi
yuz beradi. Ikkinchi kolonna Solventni regeneratsiya qilishda qo‗llaniladi, unda
Solvent maqsadli mahsulotdan ajratiladi. ED kolonnasi bir operatsiyasida
aromatik va noaromatik uglevodorodlarning yetarlicha to‗liq ajralishi va
Solventdagi aromatiklar qorishmasining rafinat oqimidan ajralishi ro‗y beradi.
Shu sababli, ushbu texnologiyada kam sonli jihozlar blokidan foydalaniladi va J-
J ekstraksiyasi texnologiyalariga taqqoslaganda
sezilarli miqdorda kamroq
kapital sarfini talab qiladi.
ED qurilmasining ekspluatatsiyasi juda oddiy va tushunarli, chunki
ajratishga - texnologik qurilmalar muhandislari va operatorlariga yaxshi tanish
bo‗lgan jarayon – distillyatsiya hisobiga erishiladi.
Texnologik jarayonning
asosiy
parametrlarini
rostlash
standart
rektifikatsiyalash
kolonnasini
parametrlarini rostlashga juda o‗xshash.
Ekstraksiya uchun talab qilinadigan Solvent sirkulyatsiyasi va nazariy
bosqichlar soni ekstraksiya distillyatsiya uchun qo‗llaniladigan Solvent turiga
bog‗liq. ―Dji-Ti-Si‖ firmasi tomonidan, komponentlari
birgalikda bir-birini
o‗zaro kuchaytiruvchi va natijada Solventning yanada yuqori ajratuvchanlik va
aralashuvchi qobiliyatlarini uning komponentlaridan istalgan biri alohida bajara
413
olmaydigan darajada kuchayishini ta‘minlaydigan, patentlangan tarkibdagi,
―Tektiv-100‖ deb nom olgan Solventdan foydalaniladi. 10.4- jadvalda
aromatiklarni ajratish uchun eng ko‗p qo‗llaniladigan ba‘zi bir sanoat
Solventlari taqqoslanadi. Taqqoslash standart eksperimentda bug‗
va suyuq
fazalarning muvozanat sharoitida benzolvan-pentanni ajratish holati uchun
o‗tkazilgan.
Ikki komponentning toza aralashmasida benzol geptanga nisbatan ko‗proq
uchuvchi birikma hisoblanadi. Biroq, yuqori ajratuvchan Solvent qo‗shilganda
geptanning uchuvchanligi benzolning uchuvchanligidan yuqori bo‗lib qoladi, a
uchuvchanliklar nisbati qanchalik katta bo‗lsa, ajratish shunchalik yengil
kechadi.
Dostları ilə paylaş: