1.4. Xajmiy analiz.
1.5. Fizik –kimyoviy analiz.
1.6. Optik analiz usuli.
1.7. Elektrokimyoviy analiz usuli.
1.8. Xromotografiya analiz usuli
1.9. Fizikaviy analiz usullari.
Adabiyot 1.2.3. Tayanch iboralar: Tarkib, optik analiz, xromatografiya, element, qotishma, eritma, uglevod, adsorbtsiya, adsorbent, regeneratsiya anion.
1.1. Miqdoriy analiz va uning vazifalari Analitik kimyoning miqdoriy analiz bo’limi tekshirilayotgan modda tarkibini miqdor jihatdan o’rganadigan usullar majmuasidan iborat. Bu usullar yordamida ayrim birikmalar tarkibidagi elementlar yoki aralashma, qotishma va eritmalar tarkibidagi birikmalar miqdorini aniqlash mumkin. Tekshirish natijasida olingan natijalar odatda protsentlarda ifodalanadi.
Qishloq xo’jaligida azotli, fosforli yoki kaliyli o’g’itlar tarkibidagi mikroelementlarni, o’simliklar mevasidagi uglevodlarni aniqlashda va chorva mollari uchun tuzilgan ozuqalar ratsioni tarkibini, veterinariya klinikalarida qon va boshqa biologik materiallarning tarkibini o’rganish uchun miqdoriy analiz usullaridan bevosita foydalaniladi. Demak bioximiya, agroximiya tuprokshunoslik o’simlik va xayvon fizologiyasi fanlari miqdoriy analiz bilan chambarchas bog’liqdir. Sanoat va metallurgiyada ham kimyoviy texnologik protsesslarni miqdoriy analiz usullari yordamida nazorat qilib turiladi, foydali kazilmalar topishni esa miqdoriy analizsiz tasavvur etish ham kiyin
Qishloq xo’jaligi amaliyotida tuproq, o’simliklar, o’g’itlar, zaxarli ximikatlar va ozuqalar tarkibi miqdoriy jihatdan tekshiriladi. Tuproqning tarkibini o’rganish tufayli o’simliklarni normal rivojlanish uchun zarur bo’lgan elementlarning tuproq tarkibida tarkalish darajasi aniqlanadi. Miqdoriy analiz usullari yordamida zaxarli ximikatlarni ta‘siri eng samarali bo’lgan chegara aniqlanadi. Chorva mollariga beriladigan ozuqaning toyimli bo’lishi uchun ratsionni to’g’ri tuzish maqsadida ozuqa tarkibi kimyoviy jixatdan analiz qilinadi.
Miqdoriy analizlarni bajarishda kimyoviy usullar bilan bir qatorda fizik kimyoviy hamda fizikaviy usullar keng qo’llaniladi.