424
10.9 - jadval
Deasfaltizatlarning ko‗rsatgichi quyidagicha:
O‗rtacha molekulyar massasi
20°C dagi zichligi, kg/m
3
100°C dagi
qovushqoqligi, mm
2
/s
Konradson bo‗yicha kokslanishi, % (massasiga niS)
yog‗li xomashyo ishlab chiqarishda
kreking uchun xomashyo ishlab chiqarishda
500—650
895—930
18—26
0,8—1,3
kam (1,6 gacha)
2—3 (katta emas)
Qoldiq xomashyo (gudron yoki konsentrat) nasos yordamida bug‗li
qizdirgich (3 ) orqali deasfaltizatsiya kolonnasining (4) o‗rta qismiga beriladi.
Ba‘zi bir qurilmalarda xomashyoni qizdirgichga (3)
kiritguncha unga propan
(kam miqdorda) kiritiladi, gidravlik zarbadan holi bo‗lish uchun
aralashtirgichdan foydalaniladi.
Suyultirilgan propan qabul qilgichdan (11) nasos (10)
yordamida olinadi
va bug‗li qizdirgich (2) orqali kolonnaning pastki (4) zonasiga yo‗naltiriladi.
Kolonnaning o‗rta qismidagi propan kiruvchi oqimga tushib keluvchi o‗ta
qizdirilgan xomashyo va ichki retsirkulyat bilan kontaktlashadi. Kontaktlash
zonasida likopcha qovurg‗a yoki nasadkalar joylashtiriladi. Kirib keladigan
xomashyoni va propanni kolonnaning kesim yuzasi bo‗yicha
teng taqsimlash
uchun katta teshikli – ko‗p sonli quvur konstruksiyali taqsimlagichdan
foydalaniladi, kirish qismini boshlanishi xomashyo uchun – pastga qaratilgan,
propan uchun – yuqoriga qaratilgan.