―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
 
Qurilmaning bosh seksiyasi quyidagilar (10.10-rasm): deasfaltizatsiyaning 
I-chi pog‗onasi (qo‗shimcha jihozli 10-chi kolonna); deasfaltizatsiyaning II chi 
pog‗onasi (qo‗shimcha apparatlar va 18-chi kolonna); I-chi deasfaltizatsiya 
eritmasidan, II chi deasfaltizatsiya eritmasida, II chi bitumli eritmadan (uchta 
seksiya) yuqori bosim ostida propanni regeneratsiya qilish; oldingi regeneratsiya 
seksiyalaridan chiqadigan eritmalarni birlashtirib past bosimli propan 
regeneratsiyasi. 
I-chi pog‗onani xomashyosi gudron yoki konsentrat hisoblanadi, II-chi 
pog‗onani dastlabki aralashmasi-bitum eritmasi hisoblanadi, bosim ostida 
birinchi kolonnadan ikkinchi kolonnaning pastki qismiga o‗tadi. Ba‘zi bir 
qurilmalarda xomashyoni deasfaltizatsiyalash I-chi pog‗onada ikkita parallel 
harakatdagi kolonnalarda olib boriladi, qaysiki bitumli eritmalar II-chi 
pog‗onaga bir umumiy kolonnaga kirib keladi. 
Xomashyo nasos (1) yordamida bug‗li qizdirgich (4) orqali 
deasfaltizatsiyalash (10) kolonnasining I-chi pog‗onasiga beriladi. Shu 
kolonnaning pastki zonasidan sovutgich (3) orqali suyuq propan kiritiladi
nasos (2) qabul qilgichdan (5) olinadi. Yuqoridagi qator qizdirgich (9) va 
yuqoridagi tindirish zonasidan o‗tib, deasfaltizator I eritmasi bosimi 
pasaytirilgandan keyin (4,2 dan 2,7 MPa.gacha) yuqori bosimli propanni 
regeneratsiyalash seksiyasiga to‗planadi. Kolonnadagi (10) talab qilingan ishchi 
bosim reduksiya klapani (8) yordamida ushlab turiladi; kolonna qavurg‗ali 
turdagi likopchalar bilan jihozlanadi. 
Bitumli eritma I-chi kolonnaning (10) pastki qismidan chiqariladi
apparatda (15) suv bug‗i yordamida qizdiriladi va deasfaltizatsiyalashning II-chi 
pog‗onasining kolonnasiga (18) kiritiladi. 
Bu kolonnada jarayon kichik bosimda va kolonnaga nisbatan (10) 
bosimlarning farqi hisobiga (0,4—0,7 MPa.da) olib boriladi, bitum eritmasi I-
chi kolonnadan (10) kolonnaga (18) siljiydi. Propan kolonnaga (18) nasos (12) 
yordamida sovutgich (14) orqali uzatiladi. Kolonna (18) konstruksiyasiga 


430 
muvofiq kolonnaga (10) o‗xshashdir. Propanni xomashyoga nisbati ikkinchi 
pog‗ona uchun birinchisiga nisbatan kattaroq qabul qilinadi. Deasfaltizat I-chi 
eritmadan asosiy miqdordagi propan ketma-ket bir-biri bilan ulangan (21 va 22)
bug‗lantirgichlarda 
ajratiladi, 
deasfaltizat 
II-chi 
eritmadan 
esa 
bug‗lantirgichlarda (20 va 23) ajratiladi. Juda ham past haroratlarda ishlaydigan 
bug‗lantirgichlarda (20 va 21) issiqlik tashuvchi sifatida bosimi 0,6 MPa.ga 
yaqin bulgan suv bug‗laridan foydalaniladi, yuqori haroratli bug‗lantirgichlarda
(22 va 23) – suv bug‗ining bosimi 1,0 MPa.ga teng bo‗ladi. Deasfaltizatlarning 
I-chi va II-chilari amalda to‗liq propandan mos holda (29 va 31) likopchali 
turdagi bug‗lantirish kolonnalaridan ozod bo‗ladi, bu yerda oquvchi suyuqliklar 
qarshi oqimli suv bug‗lari bilan shamollatiladi. Undan keyin ikkali deasfaltizat 
ham nasoslar (27 va 30) yordamida sovutgichlar (25 va 26) orqali rezervuarga 
beriladi. 
Bug‗lantirgichdan chiqadigan (20 va 21) yuqori bosimli propan bug‗lari 
(2,7-2,8 MPa) havoli sovutish apparatida (7) kondensatsiyalanadi; kondensat 
kojux quvurli suvli sovutgich (6) orqali qabul qilgichga (5) kirib keladi. 
Bug‗lantirgichlarda ajratilgan bug‗lar (22 va 23) (juda yuqori bosimda 
ishlayotgan - 1,8 MPa) havoli sovutish apparatlarida (17) kondensatsiyalanadi; 
shu yerda hosil bo‗lgan kondensat qabul qilgichga (16) oqib o‗tadi. Bug‗lanib 
yo‗qotilishni to‗ldirish uchun bu qabul qilgichga atrofidan texnik propan 
beriladi. Propan qabul qilgichdan (16) nasos (13) yordamida qabul qilgichga (5) 
uzatiladi.
II-chi pog‗ona bitum eritmasi sarf rostlagichdan (11) o‗tib, quvurli pechda 
(19) qizdiriladi; bug‗lantirilgan propan suyuqlikdan ajratgichda (24) ajratiladi. 
Bu yerdan ketayotgan bug‗lar keyin kondensator-sovutgichda (7) to‗planadi. 
Birlashtirilgan bitum eritmasi ajratgichdan (24) chiqishda bug‗lantirish (34) 
kolonnasida (likopchali ko‗rinishdagi) suv bug‗lari yordamida purkaladi.
Bug‗lantirish kolonnalaridan (29,31 va 34) katta bo‗lmagan ortiqcha 
bosim ostida ketadigan propan va suv bug‗larining aralashmalari to‗silgan 
umumiy kondensator - sovutgich aralashtirgichga (33) to‗planadi. 


431 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin