426
Tarkibida nisbatan kam miqdorda propanli (6 % massasiga nisbatan ko‗p
bo‗lmagan) deasfaltizatorning eritmasi bug‗lantirgichdan (16) chiqadi va ochiq
suv bug‗i bilan bug‗lantirish (23) kolonnasida ishlanadi. Bu kolonnaning
yuqorisidan propanli va suv bug‗larining
aralashmasi chiqib ketadi, pastki
qismidagi tayyor deasfaltizat nasos (21) sovutgich orqali (22) rezervuarga
yo‗naltiriladi. Propanni to‗liq chiqib ketishi deasfaltizatni alangalanish harorati
orqali nazorat qilinadi.
Deasfaltizat kolonnasining pastki qismidan chiqadigan bitum eritmasi
to‗xtovsiz ravishda sarf rostlagich (9) orqali zmeyevik pechiga (19) kirib keladi.
Bu zmeyevikdan chiqishda propanning katta qismi bug‗simon holatda bo‗ladi.
Bug‗lar shu bosim kattaligida ishlayotgan gorizontal ajratgichda (20)
suyuqlikdan ajratiladi. Propanning qoldiqlari ochiq suv bug‗lari
yordamida
bitumli bug‗lantirish kolonnasida (25) bug‗lantiriladi. Deasfaltizatsiya bitumi
kolonnaning pastki qismidan porshenli nasos (26) yordamida sovutgichga (27)
haydaladi.
Yuqori bosimli propanning bug‗lari apparatlardan (14,16 va 20) chiqishda
tomchi urilma (15) orqali kondensator-sovutgichga (13 va 12) kirib keladi.
Suyultirilgan propan qabul qilgichda (11) to‗planadi. Propan bug‗lari
apparatlardagi (16 va 20) 1,7-1,8 MPa ishchi bosim ostida kondensatorlarda –
sovutgichlarda (13 va 12) kondensatsiyalanadi. Bunda kompressorni
qo‗llamasdan issiqlik beruvchi va sovituvchi muhitlarning oralig‗idagi kerakli
haroratni farqi evaziga erishiladi. Ba‘zi bir qurilmalarda ajratgichdan (20)
chiqqan propanning bug‗lari va erkinlashtirilgan bitumning bug‗lari
ajratgichlardan birining issiqlik tashuvchisi hisoblanadi.
Bug‗lantirish kolonnasidan (23 va 25) chiqadigan suv bug‗i
bilan
chiqadigan propanning bug‗lari kondensator aralashtirgichda (28) suv
bug‗laridan ozod qilinadi va keyin tomchi tutqichdan o‗tib (18) kompressor
bilan (17) siqiladi va kondensator-sovutgichga (12 a) yo‗naltiriladi. Propanning
yo‗qotilishi qabul qilgichga uzatish (11) orqali to‗ldiriladi. Agarda propan
deasfaltizatsiyalash kolonnasiga ikkita ichki taqsimlagich orqali kiritilsa, undan
427
yuqorida joylashgan yo‗naltiruvchi taqsimlagichda
pastki taqsimlagich orqali
uzatiladigan propanga nisbatan oldindan juda yuqori haroratda (70 °С gacha)
qizdiriladi.
Bitum eritmasi ba‘zi bir qurilmalarda zmeyevik pechiga (19) kirguncha
issiqlik almashtirgichda qizdiriladi. Quvurli pechlar yong‗inga qarshi devor
bilan o‗raladi. Zmeyevik pechlaridagi quvurlarni qizib ketishini oldini olishda
unga yetarli miqdordagi eritma yoki uni ekstrak bilan aralashmasiga
deasfaltizatsiya bitumlari qo‗shiladi va qovushqoqligi
kamaytiriladi hamda
to‗xtovsiz kirib turishi ta‘minlanadi. Yoqilg‗ining sarfi uni issiqlik hosil qilish
xususiyatiga,
uzatiladigan
xomashyoning
sifatiga,
uni
chuqur
deasfaltizatsiyalash va boshqa omillarga bog‗liq bo‗ladi hamda o‗rtacha 1 tonna
gudronga 15-30 kg ni tashkil qiladi.
Bug‗lar bilan birgalikda suyuqlik tomchilarini chiqib ketishini
kamaytirish uchun apparatlarning (23, 25 va 28) yuqori qismlarida nasadkali
turdagi uriluvchi likopchalar (24) joylashtiriladi.
Deasfaltizatsiya qurilmalarida suv bug‗larining
katta qismi
bug‗lantirgichlarda yoki eritmalarning qizdirgichlarida birikmalarning zichligini
yetarli bo‗lmaganligi uchun kondensatsiya zonasiga suv bug‗lari yorib
kirmasligi uchun oldindan kondensatning chastotasini tekshirish e‘tiborga
olinadi. Ko‗pgina qurilmalarda kondensator aralashtirgichdan (28) chiqadigan
texnik propanni vodorod sul‘fiddan tozalovchi ishqorli tozalash kolonnalari
o‗rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: