―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-jadval  ETQ 10/6 va gorizontal blokli elektrdegidratorning aralash qurilmasini ETQ-



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

2.5-jadval 
ETQ 10/6 va gorizontal blokli elektrdegidratorning aralash qurilmasini ETQ-
AVT-6 ning ishini texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlari keltirilgan.: 
Ko‗rsatgichlar 
Uchta 
ETQ 10/6 
Blok 
ETQ-AVT-6 
Ish unumdorligi, ming. t /yil 
Elektrodegidratorlarning soni
Xom-ashyoni qizdirish uchun bug‗ning sarfi, ming. MDj
Elektroenergiya sarfi, ming. mVt-soat 
6000 

900 
1,64 
6000 


0,79 
 
2.6-jadval 
NQIZlaridagi ETQsining ish ko‗rsatgichlari: 
 
Zavod, neft (d
4
20

ETQgacha neftning 
tarkibi 
ETQsidan keyin 
neftning tarkibi 
Deemulgatorning sarfi 
(yil/t) 
suv, % 
tuz, mg/l 
suv, % 
tuz, mg/l 
Moska NQIZ,
Romashkin (0,868) 
Omski NQIZ, 
Tyumen (0,858) 
Novoufim NQIZ 
Tyumen (0,858) 
Arlan (0,890) 
Krasnovod 
Koturtepa (0,858) 
1,00 
1,20 
1,1 
0,4 
0,51 
1220 
180 
200 
697 
456 
0,1 
0,1 
0,08 
0,15 
Mavjud 
emas 
10 


10 
49* 
Disolvan+OJK (25) 
Disolvan yoki OJK 
(20) 
OJK yoki separol (30) 
Disolvan (8) 
* Neft dengiz suvi yordamida yuviladi 
 
2.6. Neftni birlamchi va ikkilamchi haydash texnologiyasi 
Neftni birlamchi qayta ishlash qurilmalari neftni qayta ishlash 
zavodlarining asosini tashkil qiladi, ularning ishi olinadigan yoqilg‗i 
komponentlarining sifatiga va chiqishiga hamda ikkilamchi va neftni qayta 
ishlashni boshqa jarayonlarining xom-ashyosiga bog‗liq bo‗ladi.
Ishlab chiqarish amaliyotida neft fraksiyalarga ajratiladi va qaynash 
haroratining chegaraviy haroratlari bilan farq qiladi. Bunday farqlanish neftni 
birlamchi haydashda qizdirish, distillyatsiya va rektifikatsiya, kondensatsiya va 
sovutish jarayonlarini qo‗llashni talab qiladi. Neftni to‗g‗ri qayta ishlash 


78 
atmosfera yoki bir qancha ko‗tarilgan bosim ostida ishlashni amalga oshirish, 
qoldiqlari esa – vakuum ostida ishlashni talab qiladi. Atmosfera va vakuumli 
quvurli qurilmalar (AT va VQ) bir-biridan alohida quriladi yoki bir qurilmaning 
tarkibiga jamlanadi.
Atmosfera bosimi ostidagi quvurli qurilma (AQQ) quyidagi texnologik 
qurilmalarga bo‗linadi: 
1) neftni bir karrali bug‗lantirish qurilmasi; 
2) neftni ikki karrali bug‗lantirish qurilmasi; 
3) neftni evaporatorda yengil fraksiyalarga oldindan bug‗lantirish va 
keyin rektifikatsiyalash. 
Uchinchi guruhdagi qurilmalar amaliyotda ikkinchi variant hisoblanadi, 
ikkala holda ham neft ikki karrali bug‗lantirishga beriladi. 
Vakuumli quvurli qurilma (VQQ) ikkita guruhga ajratiladi: 
1) mazutni bir karrali bug‗lantirish qurilmasi; 
2) ikki karrali qurilma, mazutni bug‗lantirish (ikki pog‗onali). 
Qayta ishlanadigan neftning har xil bo‗lganligi va olinadigan 
mahsulotning assortimentini kengligi hamda ularning sifatini har xilligi tufayli 
namunaviy turdagi sxemani qo‗llash maqsadga muvofiq emas Oldindan 
benzinsizlashtirish (og‗ir uglevodorodlarni ajratish) va asosiy retifikatsiyali 
atmosfera kolonnali qurilmalar keng qo‗llanilib, neftdagi benzinning 
fraksiyalari va erigan gazning tarkibi katta qiymatda o‗zgarganda ham ishlash 
qobiliyatiga egadir.
AT va AVT zavod qurilmasining quvvatini diapazoni -6 dan 8 mln.t/yil 
neftni qayta ishlashga mo‗ljallangan [1, 2]. Qurilmaning birlik quvvatdagi 
afzalliklari yuqoridir: ikki yoki bir nechta kichik ishlatish sarfi kichik urilmadan 
yiriklashtirilgan qurilmaga o‗tilganda 1 tonna neftni qayta ishlashning 
boshlanishidagi xarajatlari kamayadi, ishlab chiqarish mehnati oshadi. AT va 
ATV turidagi ko‗pgina harakatdagi qurilmalarni quvvatini kuchaytirish bo‗yicha 
amaliy tajribalar to‗plangan hamda natijada texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlar katta 
qiymatga 
oshiriladi. 
AT-6 
qurilmasini 
ishlab 
chiqarish 
imkoniyati 


79 
kuchaytirilganda 33% (massasi bo‗yicha) ga oshadi va rekonstruksiya ishlarini 
evaziga mehnatni ishlab chiqarish ko‗rsatgichi 1,3 marta, solishtirma kapital 
qo‗yilmalar va ishlatish xarajatlari 2,5 va 6,5% ga kamayadi. AVT va AT ning 
jamlanmalari boshqa texnologik qurilmalar bilan aralashtirilganda texnik-
iqtisodiy ko‗rsatgichlar yaxshilanadi va neft mahsulotlarining tannarxi pasayadi. 
Solishtirma kapital xarajatlar va ishlatish sarflarini kamaytirishga erishish uchun 
ko‗pincha qurilish maydonlarini va quvuruzatmalarning umumiy uzunligini 
qisqartirish, oraliq rezervuarlar soni va energetik xarajatlarni kamaytirish hamda 
jihozlarni sotib olish va ta‘mirlashga sarflanadigan umumiy xarajatlarni 
kamaytirish evaziga erishiladi.
Neftni birlamchi qayta ishlash jarayonida ko‗pincha tuzsizlantirish va 
suvsizlantirish jarayonlari, ikkilamchi haydashda va benzin fraksiyalarini 
barqarorlashtirishda kombinatsiyalanadi: ETQ-AT, ETQ-AVT, ETQ-AVT-
ikkilamchi haydash, AVT-ikkilamchi haydash. Disdillyatlardan yengil 
komponentlarni bug‗lantirish kolonnasidan o‗tishda ajratib olishda ochiq 
qizdirilgan suv bug‗idan foydalaniladi. Ba‘zi bir kolonnalarda qaynatgich 
qo‗llaniladi va neft mahsulotlari bug‗lantirish kolonnasidan distillyatni olib 
chiqish haroratiga nisbatan yuqoriroq haroratda qizdiriladi. Suv bug‗ining sarfi 
quyidagicha: atmosfera kolonnasiga 1,5—2,0% (massasi bo‗yicha) neftga, 
vakuumli kolonnada 1,0—1,5% (massasi bo‗yicha) mazutga, bug‗lantirsh 
kolonnasiga 2,0—2, % (massasi bo‗yicha) distillyatga. 
Rektifikatsiya seksiyalarida AT va ATV qurilmalarida oraliqli 
sirkulyatsiyali sug‗orish keng qo‗llaniladi, ya‘ni seksiyaning yuqorisiga 
joylashtiriladi (to‗g‗ridan-to‗g‗ri yon chiqarishdagi distillyatni likopchasini 
ostiga). Sirkulyatsiya flegmasi ikkita likopchada pastga olib ketiladi. Vakuumli 
kolonnalarda yuqori sug‗orish sirkulyatsiyali, neft mahsulotlarini yo‗qotilishini 
kamaytirish uchun kolonnaning yuqorisi orqali 3-4 ta likopcha kerak bo‗ladi. 
Vakuum hosil qilishda barometrik kondensator va ikki- yoki uch 
pog‗onali ejektorlar (ikki pog‗onali vakuumning chuqurligi 6,7 kPa bo‗lganda, 
uch pog‗onali -6,7-13,3 kPa chegarasida) qo‗llaniladi. Pog‗onalar oralig‗iga 


80 
oldingi pog‗onadagi ishchi bug‗larni va surib olinadigan gazlarni kondensatsiya 
qilish uchun kondensator montaj qilinadi. Keyingi davrda barometrik 
kondensatorning o‗rniga yuzali (sirtli) kondensatorlar qo‗llanilmoqda. Sirtli 
kondensatorlarni qo‗llash kolonnada faqat yuqori bosimni hosil qilmasdan 
oltingugurtli va yuqori oltingugurtli neftlarni qayta ishlashda katta miqdordagi 
iflos oqova suvlardan zavodni holi etadi. Sovutgich va kondensator-sovutgich 
sifatida havoli sovutish apparatlari (HSA) keng qo‗llaniladi. HSA qo‗llanilgandi 
suv uchun, suv ta‘minoti obyektlarini inshootlarni birlamchi xarajatlarini, 
kanalizatsiya, tozalash inshootlari va ishlatish sarflarini kamaytirishga olib 
keladi. 
Ko‗pgina AT va AVT ning zamonaviy atmosfera kolonnalari klapanlar va 
S-simon likopchalar bilan jihozlangan; vakuumli kolonnalar-klapanlar, elakli, 
teshikli. Neftni birlamchi qayta ishlash qurilmalarini yuqori darajadagi 
avtomatik boshqaruviga erishiladi. Zavoddagi qurilmalarda sifatni aniqlaydigan 
avtomatik analizatorlardan foydalanishga erishilgan: yog‗li fraksiyalarni 
qovushqoqligi, oqova suvlardagi mahsulotning tarkibini, neftdagi suvning va 
tuzning tarkibini, avitsia kerosinining, dizel yoqilg‗isini, yog‗li distillyatlarni, 
tiniq neft mahsulotining namunasini 90% (massasi bo‗yicha) qaynash haroratini
aniqlash mumkin. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin