81
qo‗shiladi. Bug‗lantirish kolonnasining ostiga beriladigan suv bug‗i dizel
yoqilg‗isini alangalanish harorati bo‗yicha alangalanish
harorati avtomatik
analizator yordamida korrektirovka qilinadi. Gaz oqimining tarkibini avtomatik
to‗xtovsiz aniqlash va yozib olishda xromatograflar qo‗llaniladi.
2.7.Neftning kimyoviy tarkibi
Xom neftning birikmalari murakkab tuzilishga ega bo‗lib, beshta
C, H, S, O va N elementdan tashkil topgan, bu elementlarning tarkibi
quyidagicha:
82-87% uglerod, 11-15% vodorod, 0,01-6% oltingugurt, 0-2%
kislorod va 0,01-3 % azot (har xil konlarni neftlarining tarkibi bir-biridan farq
qiladi). Uglevodorodlar neft va tabiiy gazning asosiy komponentlari hisoblanadi.
Ularda CH
4
metan tabiiy gazning asosiy komponenti hisoblanadi. Hamma
uglevodorodlar
alifatik
va
siklik
uglevodorodlarga
bo‗linadi,
uglevodorodlarning to‗yinish darajasining bog‗liqligi bo‗yicha
parafinlar va
sikloparafinlar, olefinlar, atsetinlar va aromatik uglevodorodlarga bo‗linadi.
Parafinli uglevodorodlar
(umumiy formulasi C
n
H
2n + 2
) nisbiy barqaror va
kimyoviy ta‘sirlarga xususiyati yo‗q. Shunga muvofiq olefinlar (C
n
H
2n
) va
atsetilenlar (C
n
H
2n -2
) yuqori darajadagi kimyoviy faollikka ega bo‗ladi:
mineralli kislotalar, xlor va kislorod ular bilan reaksiyaga kirishadi, uglerodni
atomlari oralig‗ini ikkiga va uchta bog‗lanishga parchalaydi va ularni sodda bir
xillikka olib keladi; ularni yuqori reaksiyalanish qobiliyati evaziga tabiiy neftda
mavjud bo‗lmagan bog‗lanishga olib kelishi mumkin. Eng yuqori haroratda
qaytadan tuzilmani hosil bo‗lishida parafinli uglevodorodlarning
tarkibidan
vodorodni yo‗qotish jarayonida - ikkilik va uchtalik bog‗lanishlari krekingda
hosil bo‗ladi.
Ko‗pgina neftlarda sikloparafinlar muhim tarkibini tashkil qiladi. Ular
olefinlar kabi uglerod va vodorodda atomlarni nisbiy miqdorlarga ega bo‗ladi.
Sikloparafinlar (naftenlar deb ataladi) olefinlarga nisbatan kichik reaksiyalanish
xususiyatiga ega, parafinlarga nisbatan ko‗proq ochiq uglerodli zanjirlarga
egadir. Ular xom neftdan olingan benzin, kerosin va ligroinlar kabi distillyatlarni
82
past haroratli qaynashini asosiy qismini tashkil qiladi. Aromatik uglevodorodlar
siklik
tuzilishga egadir; siklar oltita uglerod atomlaridan tashkil topgan ya‘ni
birlik va ikki bog‗lamli o‗zgaruvchan birikmalardan tashkil topgan. Distillyatli
toshko‗mirlarda yengil neft mahsulotlarining aromatik uglevodorodlari neft
distillyatining – birlamchi krekingiga nmsbatan ko‗p miqdorni tashkil qiladi.
Ular neftning tarkibiga kiradi. Bunday birikmalar katta miqdorda ba‘zi bir xom
neftning
birikmalarida
mavjud
bo‗ladi.
Bunday
uglevodorodlar
katalizatorlardan va yuqori haroratni qo‗llagan holda siklogeksan neftlarni
degidratlash asosida olinadi.
Oltingugurtli birikmalar
. Neftning tarkibida uglevodorodlar bilan
birgalikda
organik birikmalar oltingugurt, kislorod va azotlar mavjud bo‗ladi.
Neftning tarkibida oltingugurtli birikmalar ochiq yoki yopiq zanjirli ko‗rinishda
bo‗ladi. Birinchisiga misol tariqasida alkilsulfidlarni va merkaptanlarni keltirish
mumkin. Neftning tarkibidagi ko‗pgina oltingugurtli birikmalar tiofen –
geterotsiklik birikmalarni hosilasi molekulasi benzol halqali ko‗rinishida
bo‗ladi, qaysiki ikkita СН - guruhlari oltingugurt atomiga almashtirilgan.
Oltingugurtli birikmaning katta qismi neftning og‗ir fraksiyalarida birlashgan
bo‗lib, gidratlashtirilgan tiofen va tiofanlarga mos keladi. Neftdagi oltingugurt –
keraksiz komponent hisoblanadi. Oltingugurt birikmalari o‗tkir yoqimsiz hidga
ega va tabiiy va yonilg‗i mahsulotlari ko‗rinishida ham korroziyani
faollashtiradi. Oltingugurt va uning birikmalarini yo‗qotish uchun ko‗pgina
maxsus tozalash jarayonlari ishlab chiqilgan.
Kislorodli birikmalar
. Ko‗pgina neftlarda kislorodli birikmalar naftenli
kislotaga mos hisoblanadi. Ularning birikmalari ko‗p marta uchraydi ba‘zida bir
va undan katta foizda uchraydi. Mis tarkibli naftenlar yog‗och, kobal‘t-,
marganetslar uchun konservantlar hisoblanadi va
mistarkibli uchun buyoq va
laklar
uchun
qotirgich
sifatida
qo‗llaniladi.
Fenollar
(aromatik
uglevodorodlardan olinadi, ОН – gidrooksid guruhiga kiradi) AQSh, Yaponiya
va Polishadagi neftlarning tarkibida distillyatlarida uchraydi. Bu mahsulotlar
adatda kreking jarayonining mahsuloti hisoblanadi hamda katta qismi kreking –
83
distillyatlarida yuzaga chiqadi va ayniqsa birlamchi distillyatlarda uchraydi.
Kreozollarni sanoatda kreking – distillyatlarini (aromatik uglevodorodlarning
hosilasi metil guruhida va gidrooksidlarda qatnashadi) kaliforniy neftlarida
ishlab chiqarish tejamkor hisoblanadi.
Azot tarkibli birikmalar
. Neftning tarkibidagi azotning tarkibi 3%
gacha
o‗zgaradi. Neftdagi azot tarkibli birikmalar xinolin qatorining birikmasi
hisoblanadi, ko‗pincha yoki to‗lig‗incha vodorodga to‗yingan yoki boshqa
organik radikallarga to‗yingan bo‗ladi; bu birikmalar kerosindan boshlanib
yuqori haroratda qaynovchi xom neftning tarkibida bo‗ladi.
Noorganik birikmalar. Hamma neftlarning tarkibida katta bo‗lmagan
miqdorda noorganik birikmalar mavjud bo‗ladi ya‘ni neft yongandan keyin
qurum shaklida qoladi.
Qurumning tarkibida kremniy, alyuminiy, ohak, temir
oksidi va marganets bo‗ladi. Eritgich yordamida ekstraksiya usulini qo‗llash
asosida ba‘zida qurumdan vanadiy birikmasi olinadi lekin neftli qurumlardan
foydalanish chegaralangandir.
Dostları ilə paylaş: