Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

3.3. “Intel” kompaniyasi falsafasi
“Intel” korporatsiyasining falsafasi oltita aniq ifodalangan tamoyil-
ga asoslangan bo‘lib, korporatsiya xodimlari umumiy vazifalarni hal 
qilishda ularga asoslanadi
6
:

iste’molchiga yo‘naltirilganlik. Biz doimo iste’molchining 
xohish-istaklariga quloq solishga, uning ehtiyojlari, umidlari va kuta-
yotgan natijalariga aniq va mos ravishda javob qaytarishga harakat 
qilamiz. Biz iste’molchilarimiz uchun birga ishlash doimo qulay 
bo‘lgan tanlangan ta’minotchi bo‘lishni istaymiz;

intizom. Biz zimmamizga olgan majburiyatlar shunchaki ba-
jarilibgina qolmasdan, eng yaxshi tarzda, barcha tafsilotlarga maksi-
mal e’tibor bilan bajarilishi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. 
Bizning faoliyatimiz eng yuksak halollikka, ochiqlik va professional-
likka asoslanadi. Biz ish o‘rinlari toza va xavfsiz bo‘lishiga, ishlab 
chiqarishda jarohatlar bo‘lmasligiga intilamiz; 

sifat. Biz nima kerak bo‘lsa shuni va tegishli tarzda qilishga in-
tilamiz. Bizni doimiy takomillashuvga intilish ajratib turadi, bu tizimli 
ravishda ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish, baholash va 
takomillashtirini taqozo etadi;

riskka borishga tayyorlik. Riskdan qochgan holda o‘zimizni 
risk uchun mukofotdan mahrum qilishimizdan kelib chiqib, bu risk 
bizning ishimizda puxta o‘ylab chiqilgan hisob-kitoblarga asoslangan 
bo‘lishiga intilamiz. Biz yangiliklar uchun ochiqmiz, mavju vaziyat 
oldida ortiqcha izzat-ikrom ko‘rsatmaymiz, novatorlik va ijodiy yon-
dashuvni rag‘batlantiramiz. Biz riskka tayyorlik aniq anglab etilgan 
maqsadlar, yetarlicha resurslar mavjudligi, o‘zaro bir-birini qo‘llab-
quvvatlash muhitini nazarda tutishini tushunamiz. Biz xatolar uchun 
jazolamaymiz, balki ulardan saboq olishga harakat qilamiz;

ishlash uchun ajoyib joy. Biz «Intel» o‘z faoliyatini amalga 
oshirayotgan joyda aholi uchun foydali bo‘lishga intilamiz. Ja-
moamizdagi ishchi muhit to‘g‘rilik va ochiqlik bilan ajralib turadi, 
«Intel»da ishlash qiziqarli va to‘liq qoniqish hissini keltiradi. Xodim-
larning yutuqlari kompaniya rahbariyati tomonidan e’tirof etiladi va 
rag‘batlantiriladi. Biz xodimlarimiz mehnatini rang-barang qilishga 
6 Ziyayeva D.S.Korporativ madaniyat.O‘quv qo‘llanma.2020.ТоshDTU. 


43 
intilamiz, bir-birimizga hurmat va ishonch bilan munosabatda 
bo‘lamiz;

yakuniy natijaga yo‘naltirilganlik. O‘z oldimizga yuksak maq-
sadlar qo‘yib, biz yakuniy natijaga erishishga asosiy e’tibor qaratgan 
holda ularni to‘liq amalga oshirishga intilamiz, yuzaga kelgan muam-
molar haqida sukut saqlamasdan, ularni konstruktiv ravishda hal qi-
lishga uringan holda mas’uliyatni o‘z zimmamizga olamiz; 
“Yettinchi tamoyil”.
“Intel”ning ko‘plab xodimlari uchun xavfsizlik korporatsiyaning 
o‘ziga xos “yettinchi tamoyili”ga aylangan. Uning ushbu sohadagi 
siyosati personal sog‘lig‘i va xavfsizligi boshqa barcha biznes mulo-
hazlaridan yuqori ekanligi haqidagi qoidaga asoslanadi.

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin