Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy
fikrlar.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan qadimgi falsafiy talimotlar, ular ilgari surgan
G'oyalar bugungi kunda ham muhim ahamiyatiga ega. Sanab o'tilgan qadimgi diniy-
falsafiy talimotlar, yani zardo'shtiylik, uning bosh kitobi — «Avesto», Moniy talimoti,
«Moniy yozuvi», mazdakiylik harakati jamiyatda adolat, erkinlik, teng huquqlilik
tamoyillarini qaror toptirishiga davat etgan. Vatan ozodligi yo'lida jon fido etgan
Muqanna boshchiligidagi harakat nafaqat O'rta Osiyoda, balki jahonning boshqa
o'lkalarida ham aks-sado bergan. Vatanimizning o'sha davrda shakllangan va
rivojlangan boy madaniyati, milliy manaviyatimiz, falsafamiz jahon sivilizasiyasiga
katta ta' sir ko'rsatgan.
Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII
asrlarigacha bo`lgan davr mahsuli bo`lgan diniy-falsafiy ta`limotlardan
biri zardo`shtlikdir.
Bu ta`limotga Zardo`sht asos solgan bo`lib, Sharq va G`arbda
Zaratushtra,
Zaroastr nomlari bilan
mashhurdir. Manbalarga ko`ra, Zardo`sht,
eramizdan avvalgi VI
asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonoviy
shaxs ekanli haqida aniq bir to`xtamga kelingan yo`q. U o`zini
payg`ambar deb e`lon qilgan. Lekin uning payg`ambarligi ilohiy asosga
ega. Ya`ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o`z tasdig`ini to‘magan.
Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki,
bu ta`limot
Vatanimiz hududida,
xususan, Xorazm zaminida paydo bo`lgan. U o`z
davrida xalqni
ezgulik va adolat g`oyalariga da`vat etish,
hayotbaxsh an`analarni
shakllantirish,
dehqonchilik va shahar
madaniyatini rivojlantirishda
muhim ahamiyatga
ega bo`lgan, uning g`oyalari bilan bog`liq
qadriyatlar bugungi
kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush
tarzining o`ziga xos xususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb
etmoqda.