qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni ko‘rsatishi
va kerak bo‘lsa, shu ijtimoiy tajribasini o‘z navbatida o‘zgalarga
o‘rgata olish jarayonidir.
Ijtimoiylashuv
so‘ziga berilgan ta ’riflardan
eng keng tarqal-
gani (lot. Socialis — ijtimoiy, jamoaviy) individning jamiyatga
kirib borib, undagi hayot uchun zarur bo‘ladigan malaka, rollar,
m e’yorlar va qadriyatlarni o‘zlashtirishidir.
Ijtimoiylashuv jaray-
onida insonlarda jamiyatdagi m uloqotning ishtirokchisi bo iish i
uchun kerak boiadigan ijtimoiy sifatlar,
bilimlar, ko‘nikm alar
shakllanib boradi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ijtimoiylashuv term inining
yana ikkita sinonimi keng qo‘llaniladi: ya’ni bular «shaxs shakl-
lanishi» va «tarbiya» jarayonidir. Ijtimoiylashuv «individning ja
miyatga kirib borishi», «ijtimoiy ta’sirlarni o ‘zlashtirish»
ham da
«ijtimoiy aloqa jarayonida ulardan foydalanish» kabi tushunchalar
orqali ham ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: