jon kuydiradilar, uning bilim i va jism oniy quvvatini oshirishga
ko‘proq e’tibor qaratadilar, lekin bolaning irodasini m ustah-
kam lashni bee’tibor qoldiradilar. B uning oqibatida bola turm ush
so‘qm oqlarida tez qoqiladigan, turli ijtimoiy vaziyatlarda qiyin-
chiliklarni yenga olmaydigan, ruhiyati m o‘rt b o iib ulg‘ayadi.
Shuning uchun ham ijtimoiylashuv m askanlarining barchasida
m as’ullar bolaning ijtimoiy bilim donligi bilan birga uning ijti
moiy ko‘nikm alarini oshirishga ham harakat qilishlari kerak.
Shaxs ijtimoiylashuvining sohalari
Umumiy psixologiyada qabul qilingan tezisdan kelib chiqqan
holda gapiriladigan bo‘lsa, inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki
shaxs bo‘lib shakllanadi. Ijtimoiylashuvning tuzilishiga ko‘ra,
shaxs shakllanish jarayoni inson tug‘ilgan daqiqadan boshlanadi.
G.M .Andreyeva o‘zining «Ijtimoiy psixologiya» kitobida shaxs
shakllanishining uchta soha orqali amalga oshirilishini aytib
o‘tadi:
1. Faoliyat sohasi,
ya’ni um ri m obaynida shaxs turli faoli-
yatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda
faoliyatlar sohasi kengayib, boyib boraveradi. H ar bir faoliyat
turi individdan maxsus fazilatlarni, m alaka va ko‘nikm alarni,
bilim larni talab etadiki, ularni qoniqtirish yolidagi faolligi unda
o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllan-
tiradi.
2. Muloqot sohasi,
ayniqsa m aktabga ham yosh davrdagi va
o‘sm irlik davrlaridagi muloqot tizim lari bolada bir qancha ijti
moiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u
faol hayotiy mavqega ega 'oo‘ladi, jam iyatda o ‘z o‘rnini tasavvur
qilishga erishadi.
Dostları ilə paylaş: