uning shakllanishi butun hayot davomida ko‘p sonli ijtimoiy
ta ’sirlar ostida kechadi.
0 ‘z «Men»ining mavjudligini his qilish shaxsning hali chaqaloq
paytidanoq boshlanadigan va uzoq davom etadigan jarayondir,
shuning natijasida individ shaxs sifatida shakllanib, ijtimoiylashib
boradi.
Ijtimoiylashuv sohalaridan biri bo‘lmish — o‘z-o‘zini anglash so-
hasi, ya’ni «Men» obrazi yil sayin o‘zgarib boruvchi jarayon bo‘lib,
avval o‘zini
boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qi
lish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglaydi, soiigra o‘z-
o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadi.
A.V. Petrovskiyning fikricha, ijtimoiy-psixologik m unosabatlar
shaxsning ijtimoiy taraqqiyotida yosh
davrlarini inobatga olgan
holda amalga oshadi. Petrovskiy shaxs xarakteri va tarbiyasini
rivojlantirishda ahamiyatga ega bo‘lgan 3 asosiy makrofazani
ajratib ko‘rsatadi:
1. Bolalik davri.
2. 0 ‘smirlik davri.
3. Yoshlik (o^pirinlik) davri.
Bolalik davri — individning adaptatsiyalashuv jarayoni amalga
oshadi, bunda, m a’lum m e’yorlarni egallash bilan jamiyatga ijti
moiylashuv, ya’ni ijtimoiy adaptatsiya jarayoni yuz beradi (masalan:
2 yoshli bolaga choynakdagi choyning issiqligini o £rgatish).
0 ‘smirlik davri — individualizatsiya, ya’ni inson o‘z ehtiyojla-
rini, shaxsiy turm ushi (hayoti)dagi talablarini
anglashi bilan ifo-
dalanadi (masalan: mehrga nisbatan ehtiyojning kuchayishi va bu
ehtiyojning yetarlicha qondirilmasligi).
Yoshlik (o‘spirinlik) davri — jamiyatga qo‘shilish (integratsiya)
jarayoni bo‘lib, bu jarayonda shaxsda muayyan xislatlar va xususi-
yatlar vujudga keladi,
shu bilan birga, bu davrdagi shaxsiy va gu-
ruhiy ijtimoiylashuv jarayoniga zarurat va ehtiyoj ham o‘ziga xos
ta ’sir ko‘rsatadi.
Inson o‘zgaruvchan ijtimoiy atrof-m uhitda yashaydi, shun-
dan kelib chiqib uning zimmasiga faoliyat va m unosabatlarning
yangi ko‘rinishlari qo‘shilaveradi, yangi
ijtimoiy rollarni bajarib
borishga majbur bo‘ladi. Dem ak, individ o‘z hayoti davomida
yangi ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirib boradi, bir vaqtning o‘zida
dunyoqarashidan kelib chiqqan holda unda boshqacha ijtimoiy
m unosabatlar ham yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: