Ijtimoiy psixologiya


Diskriminatsiya (Discrimination)



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

Diskriminatsiya (Discrimination) 
m aium bir odamlarga 
nisbatan, ularning qandaydir guruhga tegishliligi tufayli namoyon 
qilinadigan fe’l-atvor xususiyatlaridir. Biroq diskriminatsivaning 
ba’zi ko‘rinishlari alohida odamlar tomonidan ernas, balki ijti­
moiy institutlar tomonidan ham namoyon etiladi va u institut­
sional diskriminatsiya deb aytiladi. 
Institutsional diskriminatsiya
(institutionalized discrimination) —
m a’lum bir madaniyatning 
huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy institutlari tarkibiga kira- 
digan diskriminatsiyadir (Feagin & Feagin, 1999). U to‘g‘ridan 
to‘g‘ri dushmanlik kayfiyatida boiishi mumkin, masalan, rasmiy 
qonunchilik ma’lum bir guruhlarga biror joyda yashashni yoki 
m a’lum bir sohada ishlashni taqiqlashi shunday diskriminatsiyaga 
misol boiadi. Masalan, XVI—XVIII asrlarda Buxoro xonligida 
yahudiylarga davlat mansablarida ishlash taqiqlangan, bellariga 
qizil tasma taqib yurishlari shart qilib qo‘yilgan, faqat yakshanba 
kunlarigina bozorga chiqishlari mumkin bo‘lgan. Boshqa bir m i­
sol, 0 ‘rta Osiyoda XIX asrda ayollar davlat mansablariga yaqin- 
lashtirilmagan va madrasalarda o‘qishi taqiqlangan. Jahon tarix- 
ida ham bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. AQSHda


quldorlikni qo‘llab-quvvatlovchi yoki ayollarning kamsitilishiga 
yo‘l qo‘yuvchi qonunlarning mavjud bo‘lganligi bunga yaqqol mi- 
soldir. Hozirda bunday ochiqdan ochiq diskriminatsiyalar xalqa- 
ro huquq me’yorlariga ko‘ra taqiqlansa-da, lining ba’zi shakllari 
saqlanib qolmoqda. Lekin jamiyatda shunday me’yorlar ham 
borki, ular diskriminatsiyani odatiy holga aylantiradi. Masaian, 
ayollarni ehtiyot qilish, ularni asrash kerakligi nafaqat bizning 
jamiyatimizda, balki butun dunyoda me’yor hisoblanadi, ayni 
shu me’yor ruda konlari direktorlarining ayollarni kon ishlariga 
olmasliklariga sabab bo'ladi. Lekin ayollarga nisbatan ba’zi chek- 
lovlarning mavjudligi ularning diskriminatsiyalanishi emas, balki 
ularning manfaatini ko'zlab amalga oshirilayotganligini hisobga 
olinsa, bunday holatlarni diskriminatsiya deb atab bo‘lmaydi. 
Bunday munosabatlarni tushunish uchun ijtimoiy psixologiya 
sohalaridan biri sifatida gender munosabatlarni o‘rganish lozim 
bo‘ladi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin