Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

Yosh xususiyati. 
Barcha jam iyatlarda ham yosh bolalar yoki 
keksalarga nisbatan ko'proq altruistik xulq namoyon qilina- 
di. Chunki, ularning yoshidagilar yordamga ko‘proq muhtoj 
bo‘ladilar.
Kishining holati. 
Bunda yordam beruvchining va oluvchining 
ham holati nazarda tutiladi. Kishi o‘zi qiynalib turganda o‘zining 
holatidagi kishiga yordam qo‘lini cho‘zadi va g‘am xo‘rlik qiladi. 
Sessiyadan o‘ta olmagan talaba o‘ziga o‘xshagan talabaga boshqa 
vaqtdagidan ko‘ra m ehribonroq munosabat bildiradi.
Kishining psixik xususiyatlari. 
Kishi qanchalik javobgar, 
g‘am xo‘r bo‘lsa altruistroq bo‘ladi. Aksincha, qahrli, egoist, qay- 
sar, odamlarga befarq bo‘lsa, undan A ltruizm ni kutmasa ham 
bo'ladi.
Kishining dinga munosabati. 
Islom dini altruistik munosabat- 
larni targ‘ib qiluvchi dinlardan biridir. Unga ko‘ra musulmon 
musulmonga har qanday vaziyatda ham yordam berishi kerak.
Sotsiolog Elvin G ouldnerning ta ’kidlashicha, o‘zaro m e’yorlar 
universal nomusning yagona kodeksi hisoblanadi, ya’ni kim dir 
bizga yordam bersa biz ham unga yordam berishimiz, unga yo- 
monlik qilmasligimiz kerak, degan tartib m e’yorga aylanib qol- 
gan. E.G ouldner bu m e’yorni universal stil deb ataydi. Sinaluv- 
chilardan olingan javoblarga ko£ra xat, hujjat, pul, sovg‘alarni 
birov orqali jo ‘natuvchilar olib borib beruvchiga m a’lum miqdorda


pul berishadi. Ya’ni ular «pochta»sini olib borib berganligi uchun 
unga minnatdorchilik bildirishadi. 0 ‘zaro munosabatlarda faqat 
bir shaxsning yordam olaverishi va qaytarmasligi me’yorga mos 
kelmaydi va shaxslarao munosabatlar buziladi. Xuddi shunday 
holat talabalar guruhida mavjud. Ya’ni qaysidir guruhdoshining 
daftaridan foydalangan talaba albatta uni qo‘llab-quvvatlashga 
harakat qiladi.
Agar har qaysi shaxs o‘ziga qilingan yaxshiliklarni doimiy ra- 
vishda o‘zi uchun nazorat qilib borsa, bu o‘zaro munosabatlarda 
yaxshi natija beradi. Laboratoriya eksperimenti asosida shun­
day xulosaga kelinganki, agar shaxs o‘ziga qilingan yaxshilikka 
nisbatan javob qaytarish majburiyatini his qilmas ekan, ya’ni 
me’yor sifatida qabul qilmas ekan, o‘zaro munosabatlarda egoizm 
shakllanadi. Mark Uotli o‘z tadqiqotida shuni aniqlaganki, tala­
balar ularga konfet ulashib turgan guruhdoshlariga imtihondan 
o‘tish uchun yordam berishgan. Ba’zi bir shaxslarda qilinayotgan 
yaxshilikni qaytarish imkoni bo‘lmasa, uni qabul qilishga ham 
qo‘rqishadi. Shuning uchun g‘ururli insonlar har doim birovdan 
yordam so‘rashga shoshilishmaydi. Agar inson shu yordamga 
muhtoj bo‘lsa va unga adekvat javob qaytara olmasa uning vij- 
doni qiynaladi. Tadqiqotlar natijasiga qaraganda agar inson o‘ziga 
qilinayotgan yordamlarning hisobini olmas ekan, kelajakda pro­
fessional muvaffaqiyatlarga erisha olmaydi.
Ko‘rinib turibdiki, jamiyatda shaxs namoyon qiladigan xulqlar 
orasida egoizm va altruizm doimiy ravishda uchrab turadi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin