Oyoq va qo`llarni yuvish
(2 ta hamshira bajaradi)
Kerakli jihozlar
Harakatlar algoritmi
1.Yopinchiq
2.Kleyonka
3.To`shaklar
4.Tog`ora
5.Qo`lqop
6.Iliq suv.
7.Suv
termometri.
8.Sovun.
9.Doka.
10.Sochiqlar
1.Tashqi ko`rinishni tartibga keltirib (tirnoq, soch) , muolajani o`tkazish uchun qulay kiyimni kiyish
2.Zarur ashyolarning mavjudligini tekshirib ularni to`g`ri joylashtirish
3.Muolajaning maqsadi va o`tkazish usullari to`grisida ma`lumot berib , uning roziligini olish
4.Karavot atrofini tartibga keltirib , ishlash uchun qulay sharoit yaratish
5.Bemorni yopinchiq bilan yopintirib sababsiz yechintirmasdan bemor ko`rpasini uning oyoq tagiga yig`ib bemorga
sog`lom (chap) qo`li bilan ko`rpa chetini ushlashini so`rash
6.Shimni , so`ng yopinchiqni tizzagacha ko`tarish, ikkala tizzani yopinchiq bilan o`rab olish, yopinchiq chetlarini
mahkam qistirib qo`yish
7.Kleyonkani yoyib ikki oyoqni egib, oyoqlar ostiga to`shakchalarni joylashtirib, oyoqlarni to`shak bilan o`rab olib
og`rigan ( o`ng) oyoqni bir holatda saqlash
8.Tog`oraning yarmini tegishli haroratdagi suv ( 40
0
С atrofida ) bilan to`ldirib qo`lqoplarni kiyish
9.Oyoqlar tagida tog`orani joylashtirib, cog`lom chap oyoqqa ozgina suv tomizib , suv harorati mosligini bemordan
so`rash, agar suv issiq bo`lmasa , ikkala oyoqni tog`oraga solib yana bir marotaba suv haroratini tekshirish
10.Dokaga sovunni surtib, ko`pik hosil bo`lgandan keyin ichki kiyimlar, o`rin- bosh ashyolar va ppolni iflos
qilamasdan oyoqlar yuvish, ayniqsa tabon terisini yaxshilab yuvib qizarishlarni kuzatish
11.Sovun qoldiqlarini suvda yuvib tashlash, tog`oradan oyoqlarni chiqarish
12.Тоg`oradagi kirni yuvib tashlagandan keyin suvni almashtirib, haroratini tekshirib , oyoqlarni tog`oraga solib
teridagi sovunni yaxshilab yuvib tashlash
109
13.Tog`orani olib qo`yib issiqlik yo`qotmaslik uchun barmoqlar orasigacha bo`lgan teridagi suvni tezkorlik bilan
yaxshilab artib tashlash
14.Massaj bilan birga aksariyat yotoq yaralari paydo bo`ladigan joylarni kuzatish
15.Kleyonkani yig`ib , fiziologik tog`ri holatni nazarda tutgan holda qulay holat yaratish
16.Qorin sohasigacha yopinchiqni tushirish
17.Bemorni og`rigan (o`ng) tomoniga , to`shak qo`yib uni yarim o`tirgan holatda saqlash
18.Og`rigan (o`ng) tomondan kleyonkani yoyib ,atrofni tartibga keltirish
19.Tog`oraning yarmini issiq suv (40
0
С atrofida) bilan to`ldirib , bemorning og`rigan (o`ng) tomoniga
joylashtirish
20.Bemorning sog`lom (chap) qo`liga ozgina suv , suv haroratini mosligini undan so`rash, agar issiq bo`lmasa , ikki
qo`lini tog`oraga qo`yib yana bir marotaba haroratni tekshirish
21.Dokaga sovunni surtib , ko`pik hosil bo`lgandan keyin ichki kiyim,o`rin – bosh ashyolar va polni iflos
qilmasdan so`glom chap qo`lni yuvish
22.Bemor sog`lom (chap) qo`li bilan og`rigan (o`ng) qo`lini mustaqil yuvib uni massaj qilib, toza suv bilan yuvib
tashlashni so`rash
23.Тоg`orani olib qo`yib, issiqlikni yoqotmaslik uchun barmoqlar orasigacha bo`lgan teridagi suvni tezkorlik bilan
yaxshilab artib tashlash
24.Kleyonkani olib tashlab , bemor tanasini oldingi holatga keltirish
25.Tana og`irligi baravar taqsimlanishi uchun fiziologik holatni nazarda tutgan holda bemorga qulay holat yaratib
berish
26. Muolaja tugashi haqida bemorga aytish, uning ahvolini yomonlashuvi yoki muolajadan so`ng og`riq paydo
bo`lganligi to`g`risida so`rash va kuzatish
27.Muolaja o`tkaizish vaqti va mazmuni, bemorning javob reaksiyasi, teridagi o`zgarishlar va boshqa kuzatuv
natijalarini yozib qo`yish.
|