3
KIRISH SO’ZI
Hozirgi davr tibbiyotining asosiy e’tibori sog’lom turmush tarzini targ’ibot
qilish, sog’lom avlodni tarbiyalash va kasalliklarni oldini olishga qaratilgan.
Taraqqiy
etgan mamlakatlarda uzoq, to’laqonli umr ko’rishning yagona yo’li
sog’lom turmush tarzi ekanligi isbotlangan. Odatda, qarilik haqida so’z ketganda,
beixtiyor xayolga ojizlik,
qaramlik, kasallik holati keladi. Yo’q, qarilik – kasallik
emas, komillik pallasi.
Qarilik - umrning eng mazmunli, serhosil fasli.
Insonning umr davomida
yig’ilgan yashirin imkoniyatlari yoshi ulg’ayganda ochilib, aqli to’lishib teran
fikrlaydi, kashfiyotlar qiladi. Qarilikdan qo’rqishmas, hayot davomida orttirgan
tajribaga tayanib, aqlu shijoat bilan ishlash va yashash lozim.
Insonning qarish jarayonini o'rganishdan maqsad keksayish paytida sog'lom
turmush kechirish, o'zini o'zi mustaqil parvarish qilish, kasalliklarning oldini olishga
erishishdan iborat. Keksa yoshdagi odamlarda kasalliklarning
kechish jarayoni
ularning yoshi va ruhiy holatga bog’liq. Ular bilan ana shu jihatni hisobga olib
muloqot qilish, ularni parvarishlash sog’liqni saqlash tizimining muammolaridan
biri. Shuning uchun tibbiyotda "Gerontologiyada hamshiralik ishi"
faniga katta
e’tibor berilmoqda.
Biz keng ko'lamli sog'lomlashtirish, sog'liqni tiklash, kasalliklarning oldini olish
vazifasiga tayyor, tibbiy yordam bera oluvchi, har qanday holatlarda bemor yoki
sog'lom odam bilan professional muloqotga kirisha oladigan o'z
kasbining mohir
ustasi, oliy malumotli hamshiralarni tayyorlash vazifasini oldimizga qo'yar ekanmiz,
ularni inson salomatligi yo'lida, sog'ligini tiklash va saqlashda yordam ko'rsata
oladigan yaxlit jamoaning teng huquqli a'zosi etib tarbiyalashimiz lozim. Bu jahon
andazalari talabidir.
Shunday qilib, "Gerontologiyada xamshiralik ishi" fani - yoshga aloqador bo'lgan
fiziologik o'zgarishlar va rivojlanayotgan patologik o'zgarishlar o'rtasidagi
boq'liqlikni va shu bilan birga organizmni qarish sabablari,
mexanizmi hamda
qariyotgan organizmni fiziologik jihatdan o'ziga xos tomonlarini o'rganadigan fan.
"Gerontologiyada hamshiralik ishi" faninig maqsadi - hamshiralik ishi bo'yicha
bakalavrlarni tayorlashda, ularga geriatrik pasientlarning ichki organlarining turli
kasalliklarida sifatli tibbiy yordam ko'rsata bilishni o'rgatish.
Geriatrik pasientlarni
davolash va parvarishlashda oliy malumotli hamshiralarning tutgan o'rni va
vazifalarini o'rganishdir. Shu bilan birga keksa va qariya yoshidagi pasientlar bilan
ishlashda o'ziga xos tomonlarini inobatga olishdan iboratdir. Qariyalar bilan
muloqot o'rnatishni, ularni
parvarishlash jarayonini, turli kasalliklarda geriatrik
pasientlarga hamshiralik jarayoni asosida yondoshishni,
reabilitasiya chora
tadbirlarini bilishga o'rgatadi.
Dostları ilə paylaş: