9
MASLOU pog’onasida keksa yoki qari kishining o’z kasaliga yoki holatiga
munosabati, kasallikni yengishiga ishonchi, umuman fiziologik jarayonlar kechishiga
qanday munosabatda bo’lishi va bunga nima ta'sir ko’rsatishi, tashqi muhitning ta'siridan
o’zini himoya qila olish, olmasligi, yordamga muhtoj, muhtoj emasligi, o’zini jamiyat,
yaqinlari bilan hamnafas his etishi yoki yolg’izlanib qolganligi kabi holatlar aniqlandi.
MASLOU pog’onasiga asoslanadigan bo’lsak inson pog’onaning eng pastki qatoridagi
ehtiyojlarini qondirgandagina yuqori pog’onadagi ehtiyojlarga intilishi mumkin. Ehtiyojlar
va talab pog’onasi pastdan yuqoriga qarab quyidagi tarzda joylashadi:
1. Hayotiy zaruratdan kelib chiqqan holda ehtiyojlarni qondirish.
2. Xavfsizlikka ishonch, barqarorlik, erkinlikni his qilish (pul, sug’urta, oila, do’stlar).
3. Odamlar bilan muloqotga bo’lgan ehtiyojini qondirish (yolg’izlik - katta muammo).
4. O’zini-o’zi hurmat qilish (ehtiyoj qondirilmasa odam o’zini kuchsiz, ishonchsiz
sezadi).
5. Yaratishga, yashnatishga, rivojlantirishga ehtiyoj (san'at, sport, ijod) sezishi zarur.
3-bosqich
. Muammoni hal qilish yo’llarini rejalashtirish. Rejalashtirish imkoni
boricha bemor bilan birgalikda olib boriladi. Hamshira bemor holatini yengillashtirish,
kasallik asoratlarining oldini olish, ya'ni bemorning sog’ligi muammolarini hal qilish
rejasini tuzadi va buni hamshiraning kuzatish kartasiga belgilab boradi.
4-bosqich
. Rejalashtirilgan vazifani bajarish va uni hujjatlashtirish.
Bu bemorni parvarishlash va ma'lumotlarni navbatchi hamshiraga topshirish uchun
parvarishlash jarayonini qayd etib borishdir.
5-bosqich. Yakuniy natijani, xulosani baholash yoki parvarish rejasi asosida olib
borilgan ishlardan ijobiy natija olingan yoki olinmaganligani baholash, agar kerak bo’lsa,
hamshiralik tashxisini o’zgartirib yangi tashxis asosida boshqa reja tuzish va muolajani shu
asosda olib borishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan yetuk hamshira
gerontologiya faniga tayangan holda, keksa va qari yoshdagi kishilarga nafaqat kasallik
paytida, balki fiziologik qarish jarayoniga moslashish, to’laqonli hayot faoliyatini davom
ettirishda yordamchi mutaxassis bo’lishi shart.
Dostları ilə paylaş: