O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi


INSON HAYOTIDA QARISH JARAYONINING KECHISHI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

 
INSON HAYOTIDA QARISH JARAYONINING KECHISHI 
 
Qarilik - yosh ulg’aya borishi bilan organizmda ro’y beradigan qonuniy 
o’zgarishlarning yakuniy bosqichidir. Qarish biologik parchalanuvchi jarayon bo’lib, bunda 
organizmning moslashish qobiliyati cheklana borib, turli patologik o’zgarishlar rivojlanadi 
va o’lim muqarrarligi tezlashadi. Ko’p hujayrali murakkab organizmlar umri davomida 
nafaqat anatomik, balki funksional jihatdan ham ma'lum bir o’zgarishlarni boshidan 
kechiradi. Bu o’zgarishlar yoshi o’tgan sari ularning tashqi ko’rinishi yoki ularning 
"nabitus"ida ham namoyon bo’ladi. Qarilikda yuz terisi quruq, burishgan, serajin, ilvillagan, 
rangsiz tus oladi, yupqalashganligi natijasida teri ostidagi tomirlar bo’rtib ko’rinib turadi. 
Bosh qismida soch tolalari oqargan, siyraklashgan, ko’zlari nursiz, og’iz bo’shligida tishlar 
yetishmaydi, umurtqa pog’onasi bukchaygan, harakatlari sustlashgan, qiyinlashgan mana 
shular qarilikka xos bo’lgan ayrim belgilardir. 
Ko’rish va eshitish qarilikda pasayadi. Qari odamning eti tez - tez junjikadi. Bo’yi va 
vazni ham kamayadi. Erkak kishi 50-85 yoshlar o’rtasida kamida 3 sm.ga, ayollar esa 4 
sm.ga pasayadi. Me'yorda erkaklarda tana vazni 40 yoshda, ayollarda esa 50 yoshda 


10 
maksimal holatida bo’ladi. Yoshi ulg’aygan odam organizmining barcha fiziologiya 
tizimida asta-sekin o’zgarishlar rivojlanadi va ularning pasaygan
imkoniyatlarga moslashuvi yuz beradi. 
Organizmda chuqur anatomik va funksional o’zgarishlar qarilik involyutsion jarayoni 
tushunchasini anglatadi va bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Anatomik o’zgarishlar qarilik 
atrofiyasi ko’rinishida, skelerozga moyillik holatida harakterlanadi. Bu holat moddalar 
almashinuvining boshqacha bo’lib qolishiga, shuningdek, jinsiy bezlar funksiyasining 
susayishiga hamda endokrin muvozanatining buzilishiga, ya'ni yangilanish va yemirilish 
muvozanatining buzilishiga olib keladi. Qarilikda ro’y beradigan anoreksiya - ishtahaning 
pasayib ketishi holati bunga yorqin misoldir. Bu holat to’qimalarning yashash uchun zarur 
bo’lgan energiya manbai, ozuqa moddalariga bo’lgan talabining pasayib ketishi ko’rinishida 
namoyon bo’ladi. 
Qarilik atrofiyasi deganda hujayralarda yuz beradigan regressiv o’zgarishlar yig’indisi, 
ya'ni hujayralar hajmining, sonining kamayishi va ular protoplazmasida fizikaviy va 
morfologik o’zgarishlar ro’y berishi, terining yupqalashuvi, suyak va tog’ay to’qimalarining 
mo’rtlashuvi, teri osti yog’ qatlamining yo’qolishi tushuniladi. Ayollarda "mensis" 
tugaganidan keyin, ya'ni "klimaks" boshlanganidan keyin tuxumdonlar va bachadon 
kichrayadi. Involyutsion jarayonida bosh miya vazni ham kamayadi. Nerv to’qimalarida 
pigmentli – yog’li degeneratsiya va trofik o’zgarishlar ro’y beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin