O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

XUSUSIYATLARI 
Hamshiralik ishi bo’yicha yuksak malakali mutaxassislar mavjudligi odamlar 
sog’lomligi va jamiyat jadal rivojlanishining muhim omillaridan biridir. Respublikamizda 
jahon andozalariga mos, davr talabiga to’la javob bera oladigan shunday mutaxassislar 
tayyorlash uchun izlanishlar olib borilmoqda. Shuning uchun "Gerontologiya"da 
hamshiralik 
ishiga: 
"Gerontologiyada 
hamshiralik 
jarayoni", 
"Gerontologiyada 
kommunikatsiya", "Hamshiralik faoliyati falsafasi" kabi yangi tushunchalar kiritildi. 



Zamon hamshiralik ishini "fan" sifatida rivojlantirishni taqozo etmoqda. Bugungi 
hamshira kasallik belgilariga asoslanib bemorga "Hamshira tashxisi" qo’ya olishi lozim. 
Keksa va qari bemorlarning dardini eshita, tushuna olish, ular bilan insoniy muloqotga 
kirisha bilish, bemor oldida javobgarlikni to’la his etib, uning sog’ligini ijobiy tomonga 
o’zgartirish shu kunning talabidir. 
Hamshiralik ishini fan va sanoat darajasiga ko’targan amerikalik nazariyotchilardan 
biri V.Xenderson tibbiyot hamshiralarining noyob vazifasi- inson, sog’lom odam yoki 
bemorga o’zining sog’ligini tiklashi, mustahkamlashi, umrini osoyishta yashab o’tishga 
ko’mak bera oladigan darajada malaka va bilimga ega bo’lishdan iborat deb hisoblaydi. 
Demak, gerontologiyada hamshiralik ishining maqsadi quyidagilardan iborat: 
1. Keksa va qari yoshdagi kishilarning asosiy ehtiyojlarini tushunmoq. 
2. Yoshi o’tgan va qari kishilarning sog’lom bo’lishiga, sog’ligini saqlashga va 
tiklashga erishish. 
3. Keksa va qari yoshdagi kishilarning o’ziga-o’zi qaray olishiga erishish. 
4. Vaqti soati kelgan yoki og’ir, tuzalmas kasallik bilan og’rigan insonning 
(keksaning)umrini osoyishta yashab o’tishiga imkoniyat yaratish. 
5. Qariyalar uchun sog’lom turmush tarzini yuzaga keltirish va rivojlantirish zarur. 
Gerontologiyada hamshiralik jarayon -hamshira tafakkurining va harakatining alohida 
bir turi. Chunki keksa yoki qari kishilarga qarash, ularni davolash hamshiralardan alohida 
ma'suliyat, muomula-madaniyati, ilmini talab etadi. Gerontologiyada yoshi o’tgan, 
keksaygan shaxsning muammosini hal etishda hamshira rejali ravishda ish olib borishi 
zarur. Hamshiralik jarayoni - dinamik, o’sib boruvchi va o’zgaruvchan harakatli jarayondir. 
Keksa, qari kishi yoki bemorlarning dardi ko’p. Demak, ularning parvarishiga bo’lgan 
munosabat ham shunga mos ko’p qirrali bo’lishi lozim. Boshqacha aytganda qariyalarni 
parvarishlash rejasi vaziyatga qarab muttasil o’zgarib turadi. Bu jarayon ularning 
ehtiyojlarida mujassamlangan. Demak, parvarish rejasi bunday bemorlarning asosiy 
ehtiyojlariga asoslanib tuziladi. Hamshiralik jarayoni aniq bir maqsadga yo’naltirilgan, 
moslashuvchan jarayon. Hamshiraning ishi shifoxonalarda, oilalarda, qariyalar uylarida, 
poliklinikalarda olib boriladi. Hamshira bu jarayonda o’z mutaxassisligi bo’yicha bilimi, 
iste'dodi, tajribasi va mantiqiy fikrlash qobiliyatini bemorning sog’ligini tiklash, uni 
parvarish qilishga, muammolarini hal etishga sarflashi zarur. Gerontologiyada hamshiralik 
jarayoni 5 ta bosqichdan iborat: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin