Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)
GERONTOLOGIYA FANI ASOSCHILARI VA RIVOJLANISH TARIXI Inson organizmida tug’ilishdan to o’limiga qadar uzluksiz morfologik, ximiyaviy,
fiziologik, psixologik o’zgarishlar kuzatiladi. Qadimdan olimlar qarish sabablari va
umrboqiylik sirlarini ochishga uringan, bu haqda falsafiy bahs, munozaralar yuritgan.
Uning ildizlari juda qadimdan boshlangan bo’lib, qadimiy xitoy va hind olimlari asarlarida,
Gippokrat to’plamlarida hamda Ibn Sinoning "Tib qonunlari"da o’z aksini topgan.
Qarilik muammolari bo’yicha I.I.Mechnikov, A.A.Bogomoles, I.P.Pavlov, A.V.
Nagorniy, I.V.Davidovskiy va boshqa olimlar jiddiy ilmiy izlanishlar olib borishgan. I. I.
Mechnikov qarish jarayonini hujayralararo muntazam aloqalarning buzilishi va organizmda
intoksikatsiya oqibatida metabolitlarning to’planishi bilan bog’lagan. I. P. Pavlov esa oliy
nerv faoliyatidagi o’zgarishlarning qarish jarayoniga ta'sirini o’rgangan. A.A. Bogomoles
qarish jarayonini biriktiruvchi to’qima strukturasi va funksiyasining buzilishi hamda undagi
oqsillarning ximiyaviy kolloid holatining buzilishi bilan izohlaydi. A.V.Nagorniyning
fikricha, qarish - hujayra sitoplazmasining o’z-o’zidan yangilanishining so’nishiga bog’liq.
Respublikamizning yetuk olimlaridan biri bo’lgan professor R.M. Nurmuhammedovning
yoshi ulg’aygan kishilardagi oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini jarrohlik yo’li bilan
davolash muammolari ustida olib borgan ilmiy ishlari diqqatga sazovordir.
Xo’sh, umuman, qarilik davrini qanday aniqlash mumkin 1963-yil Kiyevda
o’tkazilgan Butun Dunyo Sog’liqni Saqlash tashkilotlarining qarilik jarayoni haqidagi
seminarida qabul qilingani bo’yicha:
45 yoshdan 59 yoshgacha – o’rta yoshlilar;
60 yoshdan 74 yoshgacha - keksalar;
75 yoshdan 89 yoshgacha - qariyalar;
90 yosh va undan katta yoshdagilar – uzoq umr ko’ruvchilar deb hisoblanadi.
GERONTOLOGIYADA HAMSHIRALIK FAOLIYATINING O’ZIGA XOS