O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi


Geriatriya - qarilik va kasallik. Geriatrik patsient. Geriatriyada deantologiyaning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Geriatriya - qarilik va kasallik. Geriatrik patsient. Geriatriyada deantologiyaning 
o’rni. Geropsixologiya, gerogigiyena, geroprofilaktika

GERONTOLOGIYA VA GERIATRIYA FANI HAQIDA TUSHUNCHA 
Soq’liqni saqlash tizimining dolzarb muammolaridan biri bo’lgan "Gerontologiya" 
insonning qarish jarayonini o’rganadigan fan bo’lib, yunoncha «geros» - qari va «logos» - 
bilim degan ma'noni anglatadi. 
"Gerontologiya"ning asosiy maqsadi insonning faol va to’laqonli hayotini uzaytirish 
yo’llarini izlab topishdir. Keksa yoshdagi bemorlarga xizmat qilish aksariyat tibbiyot 
xodimlarining kundalik vazifasi, chunki tibbiy xizmatga muhtoj barcha bemorlarning 25-30 
foizi keksa yoshdagi bemorlardir.
Jahondagi barcha mamlakatlarda demografik ko’rsatkichlar qariyalar hisobiga oshib 
bormoda. Bu esa "Gerontologiya" va "Geriatriya" sohasidagi bilimlar doirasini 
kengaytirishni taqozo etadi. 
"Gerontologiya" fani quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 
1. Qarish biologiyasi. 
2. Geriatriya. 
3. Gerogigiyena. 
4. Gerontopsixologiya. 
5. Gerodermiya. 
6. Gerodietetika. 
7. Geroekologiya. 
Keksalik umrning qonuniy tarzda yuz beradigan yakunlovchi davridir. Biroq 
muddatidan oldin qarish hodisasi ham hayotda bor haqiqatdir. Shu sababdan S. P. Botkin va 
I. I. Mechnikovlar fiziologik va barvaqt qarish mavjudligi haqidagi tushunchalarni yoqlab 
chiqqanda haq edilar. 
Barvaqt qarish boshdan kechirilgan kasalliklar yoki tashqi muhitning zararli omillari 
ta'sirida yosh bilan bog’liq o’zgarishlarning bir muncha erta rivojlanishi bilan 
xarakterlanadi. 
Fiziologik qarish aqliy va jismoniy sog’lomlikni, ma'lum darajadagi ish qobiliyatini, 
dangaslikni, tevarak atrofdagi hodisalarga qiziqishni saqlab qolish bilan belgilanadi. 
Tashqi muhit ta'siri va organizmning ichki omillari qarish jarayonining tezlashuviga
organizmning erta qarishiga olib keladi, bu jarayon organizmning o’sish va rivojlanishi 
to’xtaganidan keyin boshlanadi. 
"Gerontologiya" tibbiy biologiya bilan chambarchas bog’liq bo’lib, u molekula va 
hujayralardan tortib butun organizmining qarish sabablarini o’rganadi. 
Qarish - qarilik, ya'ni yosh ulg’aya borishi bilan organizmda paydo bo’ladigan 
o’zgarishlarning qonuniy tarzda ro’y berish jarayonidir. Umuman olganda, bugungi kunda 
qarilik muammolarini har tomonlama o’rganadigan turli fan sohalari paydo bo’ldi va ular 
jadal rivojlanmoqda. Xususan, dunyo aholisi sonining qariyalar hisobiga oshishi 
"Geriatriya" fanining rivojlanishini yanada tezlashtiradi. 
"Geriatriya" keksa, yoshi ulug’ kishilarda kasallikning kechishi xususiyatlarini 
o’rganadigan fan bo’lib, sog’liqni saqlash tizimi amaliyotiga tobora chuqurroq kirib 
bormoqda. 
"Gerogigiyena" esa keksaygan va katta yoshdagi kishilar gigienasini o’rganmoqda. 



"Gerontopsixologiya" keksalar ruhiy holati va fe'l-atvorini; 
"Gerodietetika" keksaygan kishilar ovqatlanishi va uning xususiyatlarini; 
"Gerodermiya" - keksaygan kishilar teri qoplami xususiyatlarkni o’rganuvchi bo’lim. 
"Geroekologiya" qarish jarayoniga ekologik omillarning ta'sir etishini o’rganuvchi fan. 
Bugungi kunda jahonda genetik olimlarning chuqur izlanishlari natijasida, qarish 
jarayoniga ta'sir etuvchi genlar borligi taxmin qilinmoqda. Agar bu taxmin tasdiqlansa, 
"Gerontologiya" fanida keskin o’zgarishlar yuz berishi va insonning hozirdan ham uzoqroq 
umr ko’rishiga erishiladi. Genetikaning rivojlanishi juda ko’p geriatrik kasalliklarning 
kamayishiga sabab bo’ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin