17
yiringli balg’am kela boshlaydi. Keksalarda yallig’lanish bronxiolalarga ham tarqaladi.
Bronxiolit qo’shilgach, bemor ahvoli yomonlashadi, intoksikatsiya kuchayadi, taxikardiya,
gipotoniya, hansirash kuzatiladi, yurak yetishmovchiligi qo’shiladi. O’pka auskultasiyasida
quruq va nam xirillashlar eshitiladi.
Bemorni davolashda albatta yotoq rejimi tayinlanadi. O’pka ventilyatsiyasini
yengillashtirish maqsadida bemor yarim o’tirgan holda yotgani ma'qul. Keksalarda
surunkali bronxit, pnevmoniya kabi asoratlar tez paydo bo’ladi, shuning uchun antibiotiklar,
sulfanilamidlar (ampisillin, eritromisin, biseptol, sulfadimetoksin) kabilar tayinlanadi.
Yo’talga
qarshi libeksin, glauvent, isitmaga qarshi asetilsalsilat kislotasi, balg’am
ko’chiruvchi termopsis, mukaltin, bromgeksin buyuriladi. Natriy gidrokorbonat, mentol,
evkalipt eritmalari ingalyatsiyalari tavsiya qilinadi.
Ko’krak qafasiga bankalar, xantal, spirtli kompresslar qo’yiladi. Vaqtida o’tkazilgan
davo muolajalari va parvarishda kasallik sog’ayish bilan tugaydi.
Surunkali bronxit - bronx devorining diffuz yalliqlanishi bo’lib, keksalarda eng ko’p
uchraydigan kasalliklardan biri qisoblanadi. Kasallikning sababi o’tkir bronxitlar, yuqori
nafas yo’llarining xronik katarlari,
zaqarli omillar, kasb kasalliklari, chekish, zax iqlim
bo’lishi mumkin. Bemorni quruq yoki balg’amli yo’tal, hansirash, darmonsizlik, salga
charchab qolish bezovta qiladi. Balg’am shilimshiqi, yiringli xarakterda bo’ladi, yo’tal
sovuq tushishi bilan yoki zax joylarda kuchayadi. Auskultasiyada hansirab nafas olish
quruq va nam xirillashlar eshitiladi.
Bronxlar o’tkazuvchanligining buzilishi emfizema paydo bo’lishiga, destruktiv
o’zgarishlar esa bronxoektazlarga olib keladi. Bu o’zgarishlar nafas yetyshmovchiligi va
yurak kasalliklariga sababchi bo’ladi. Allergik komponent qo’shilsa, bronxial astma
paydo
bo’lishi mumkin. Surunkali bronxitda nafas yetishmovchiligini aniqlashda hansirashga
e'tibor beriladi.
1-darajali nafas yetishmovchiligida hansirash jismoniy zo’riqish tufayli paydo bo’ladi,
odam tez charchaydi, sianoz bo’lmaydi, nafas sistemasidagi yordamchi muskullar o’pka
ventilyasiyasida ishtirok etmaydi.
2-darajali nafas yetishmovchiligida yengil jismoniy harakatlar tufayli ham doimiy
hansirash, yengil sianoz, charchash kuchli bo’ladi, yordamchi nafas muskullari
ventillyasiyada ishtirok etadi.
3-darajali nafas yetishmovchiligida tinch paytda hansirash, sianoz va charchash kuchli
ifodalangan bo’lib, nafas olishda yordamchi muskullar doimo ishtirok etadi.
Surunkali bronxitning eng ko’p uchraydigan asorati o’choqli pnevmoniya bo’lib,
bunda bemor ahvoli yomonlashib, hansirash kuchayadi, adinamiya, taxikardiya paydo
bo’ladi. Surunkali bronxitning qo’zigan davrlarida
bemorlarda delirioz holatlar, psixozlar
kuzatilishi mumkin, bu esa miya qon tomirlaridagi yosh bilan bog’liq o’zgarishlar va
gipoksiyaga bo’lgan munosabati tufaylidir. Surunkali bronxitni davolashda bronxitlarda
yallig'lanish jarayonini yuqotish, bronx o’tkazuvchanligini yaxshilash, gipoksiyaga qarshi
kurashish, organizmning qarshilik qobiliyatini oshirish va kasallik keltirib chiqaruvchi
omillarni bartaraf etish zarur. Kasallik qo’zib turgan paytda antibiotiklar (penisillin,
streptomisin, kanamisin) va sulfanilamidlar (biseptol, sulfalen, sulfadimetoksin) buyuriladi.
Bronxolotiklardan eufillin, efedrin, platifillin, izadrin, berotek tayinlanadi. Balg’am
ko’chiruvchi, desensibillovchi vositalar va oksigenoterapiya,
fizioterapevtik muolajalar
maqsadga muvofiq. Bemorga jismoniy mashqlar, organizmni chiniqtirish, toza havoda sayr
etish, infeksiya o’choqlarini sanasiya qilish, chekishni tashlash tavsiya etiladi.
18
O’tkir pnevmoniyalar o’pka to’qimasining yalliqlanishi bo’lib, kasallik qo’zqatuvchisi
bakteriyalar, viruslar bo’lishi mumkin. Keksalarda pnevmoniyalar ko’pincha boshqa biror
kasallikning asorati bo’ladi yoki organizmning qarshilik qobiliyati pasaygani sababli
mustaqil kasallik tariqasida boshlanadi. Og’ir ichki va xirurgik kasalliklar bilan og’rib
qimirlamay yotadigan bemorlarda gipostatik pnevmoniyalar rivojlanadi. qattiq sovqotish,
ruhan zo’riqish, durust ovqatlanmaslik va nafas yo’llarining yallig’lanish hollari
pnevmoniyaga moyil qilib qo’yadigan omillardir. Kasallik klinikasi birdan boshlanmaydi,
umumiy behollik, lohaslik, ishtahaning pasayishi, bemor es-hushining aynishi kuzatiladi.
Keksalarda qaltirash, yo’tal, ko’krakda og’riqlar kabi simptomlar kuzatilmaydi.
Bemorlar
ob'ektiv tekshirilganda yuzi, lablarida sianoz, nafas tezlashgan, qattiq bo’lib, auskultasiyada
quruq xirillashlar va krepitasiya eshitiladi. Qon tarkibida leykositlar normada bo’lib, ECHT
baland bo’ladi. Pnevmoniya sababli keksalar yuragida miokardiodistrofik o’zgarishlar,
buyraklar zararlanishi kuzatiladi. Kasallik klinikasi sust ifodalangani sababli rentgenologik
tekshiruv natijasiga ko’ra pnevmoniya diagnostika qilinadi.
Kasallikning dastlabki paytlaridan boshlab antibiotiklar va sulfanilamid preparatlar
buyuriladi. O’pka to’qimasiga yaxshi diffuziya bo’la oladigan antibiotiklardan
sefalosporinlar, yarim sintetik penisillinlar yaxshi naf beradi.
Keksalarni antibiotiklar bilan davolash jarayonida, zamburug’li kasalliklarning oldini
olish maqsadida nistatin, levorin, polivitaminlar tayinlanadi. Qon aylanish sistemasida
bo’ladigan asoratlarning oldini olish maqsadida yurak glikozidlari, kordiamin, korazol,
kamfora tayinlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Balg’am suyultiruvchi, ko’chiruvchi
vositalar va oksigenoterapiya o’tkazish kerak.
Geriatrik bemorlarning immunobiologik faoliyatini kuchaytirish
maqsadida biogen
stimullyatorlar (FIBS, aloe ekstrakti) qo’llash kerak.
Hamshira, pnevmoniya bilan og’rigan bemorlarga kasallik profilaktikasini va paydo
bo’ladigan asoratlarni uqtirishi zarur. Turli respirator kasalliklarning oldini olish,
organizmni chiniqtirish, nafas gimnastikasi bilan shug’ullanish, chekish mumkin emasligini
bemorlar bilishi kerak.
Keksalarda nafas yo’li va o’pkaning surunkali kasalliklari oqibatida o’pka to’qimasi va
bronxlarda biriktiruvchi to’qima o’sib ketishi mumkin. Bu kasallik pnevmoskleroz deb
ataladi, bunda bemorni hansirash bezovta qiladi. Rentgenogrammada o’pka naqshining
o’zgarib qolgani, o’pka ildizidan chiqib kelayotgan taram-taram soyalar borligi ma'lum
bo’ladi.
Geriatrik bemorlarda surunkali bronxit, pnevmoniyalar, o’pka sili, bronxial astma
kasalliklari oqibatida o’pka emfizemasi paydo bo’ladi. O’pka emfizemasi alveolalarning
havo bilan to’lib, kengayib ketishi, elastikligining yo’qolishi natijasida o’pka to’qimasining
shishinqirab turishidir.
Bemorlarni hansirash va yo’tal bezovta qiladi. Hansirash ekspirator xarakterga ega
bo’ladi, ko’krak qafasi bochkasimon shaklga kiradi, bemor yuzida sianoz kuzatiladi. Bemor
ob'ektiv tekshirilganda o’pkada
quticha tovushi, quruq va nam xirillashlar kuzatiladi.
Rentgenologik tekshiruvda o’pka maydonlari tiniqligi kuchaygan, diafragma pasaygan,
harakatchanligi cheklangan bo’ladi. Bemorlarga bronxolitiklar, balg’am ko’chiruvchi dori
moddalari, oksigenoterapiya, nafas gimnastikasi va tog’- kurortlarida dam olish tavsiya
etiladi.