16
Qarish jarayoni neyrogumoral regulyatsiyasidagi yoshga aloqador o’zgarishlar, qarish
jarayonining asosini tashkil etadi. Natijada organizmda moddalar almashinuvi va hujayralar
funksiyasi izdan chiqadi. Qarilik bilan birga kechadigan ateroskleroz oqibatida bemorning
ruhiy va emotsional dunyosida
nevroz, maqtanchoqlik, laqmalik, ezmalik,
xotiraning pasayishi, kabi o’ziga xos belgilar
namoyon bo’ladi.
Gipotalamus funksiyasining izdan chiqishi gomeostazning buzilishiga, ya'ni organizm
ichki muhiti haqidagi ma'lumotlar MNSga keladi, gormonal regulyatsiya ham izdan chiqadi.
Tibbiyot xodimlari gerontologik bemorlarda kechadigan kasalliklarning o’ziga xos
xususiyatlarini bilishlari lozim.
Ularni qanday parvarishlash, davolash, ular bilan qanday suhbatlashish zarurligini
bilishlari, ularda o’zlariga nisbatan ishonch uyg’otishlari kerak.
Qari odam tekshirilganda, ko’pincha unda birdaniga 5-6 ta kasallik aniqlanadi.
Bular
yurakning ishemik kasalligi, aterosklerotik ensefalopatiya, gipertoniya kasalligi, o’pka
emfizemasi, umurtqa pog’onasi osteoxondrozi, katarakta, quloq og’irligi,
prostata bezi
adenomasi va boshqalar.
Qari odamlar organizmida surunkali kechadigan kasalliklar ko’proq uchraydi, ammo
o’tkir va yuqumli kasalliklar ham uchrab turadi. Ular organizmidagi patologik jarayon juda
sekinlik bilan rivojlanadi va tibbiy yordamga kech murojaat qiladilar. O’tkir kasalliklar
klinikasi esa organizmning qarshilik qobiliyati pasaygani sababli sust ifodalangan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: