11
Geriatrik bemordan anamnez to’plash tibbiyot xodimidan ustalikni talab qiladi, chunki
bunday bemorlarda eshitish, ko’rishning
pasayishi, o’z ahvolidan noroziligi, injiqligi va
ezmaligi anamnez to’plash vaqtini uzaytirib yuboradi. Geriatrik bemorni so’rab surushtirish
paytida bemorlarga bemalol eshitish apparatidan foydalanishlarini taklif kilish kerak. Bunda
bemorning qulog’iga baqirib gapirish, jerkish yaramaydi.
Aksincha, sekinroq, ravon
gapirish va hamshira yuzida g’amxo’rlik va unga qiziqish alomatlari aks etishi kerak,
shundagina bemor bilan hamshira o’rtasida bir-birlariga ishonch uyg’onadi.
Agar bemor kasalxonaga qarindoshlari bilan kelgan bo’lsa,
unda hamshira avval ular
bilan alohida suhbatlashib olishi kerak. Bemorning shikoyatlari turli-tuman bo’ladi.
Bemorlar kasallikning asosiy belgilariga uncha e'tibor bermay, qarilik sababli deb
tushuntirishga urinadilar. Siydik va axlatni tutib turolmaslik yoki qabziyat, kamquvvatlik,
bosh aylanishi kabi belgilar og’ir patologik holatning belgisi bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy anamnez to’plashda
gerontologik bemorning hayoti, turmushi so’rab-
surushtiriladi, uning turar-joy maishiy sharoitlari, sanitariya sharoitlari bilib olinadi.
Bemorning oilaviy munosabatlari, kim bilan yashaydi, tibbiy yoki ijtimoiy yordamga
murojaat qilganmi va uning natijalari qanday bo’lganligi o’rganiladi.
Juda ehtiyotkorlik
bilan er yoki xotinning o’limini qanday qabul qilganligi so’raladi. Geriatrik bemorning
ovqatlanish tartibi so’rab surishtirilganda ular to’g’ri va ratsional ovqatlanadimi, yog’lar va
uglevodlar cheklanganmi, oqsilga boy ovqatlarni (go’sht, baliq, tuxum, sut mahsulotlari)
muntazam iste'mol qiladimi va ovqatni chaynashda tish protezlaridan foydalanadimi, degan
savollarga javob topish kerak. Ilgari boshidan kechirilgan kasalliklar va o’tkazilgan
davolash muolajalari, qabul qilgan dori-darmonlar va uning natijasi so’rab o’rganiladi.
Bemordan ruhiy anamnez yig’ishdan maqsad, unda
xavotirli depressiv holatlar, o’z joniga
qasd qilish, ruhiy tushkunlikka tushish holatlari kuzatiladimi va bu holatlarni bemor nima
bilan bog’lashligini bilib olishdir. Bemordan jinsiy anamnez yig’ilganda, jinsiy hayot bilan
yashash-yashamasligi, farzandlari bor-yo’qligi, klimaks va unga aloqador kasallik
ko’rinishlari (boshga
duv etib qon quyilib kelishi, bosh og’riqlari, qo’zg’aluvchanlik)
qachon paydo bo’lganligi to’g’risida so’rab ko’riladi. Gerontologik bemorlarni ob'ektiv
tekshirilganda, ayrim organlarning zararlanishi butun organizm faoliyatini buzilishiga sabab
bo’lishini esda tutishi zarur. Bemorlarni ob'ektiv tekshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga
oshiriladi:
Dostları ilə paylaş: