25
nevrologik simptomlar namoyon bo’ladi. Bunday bemorlarda xuruj sababchisi ko’pincha
ob-havoning o’zgarishi, ko’p ovqat iste'mol qilish bo’lishi mumkin.
Stenokardiyaning profilaktikasi va davosi og’riq xurujining qanday sharoitlarda paydo
bo’lishiga bog’liq. Xurujlar ortiqcha asabiylashishga aloqador bo’lsa, bemorga
tushuntiriladi, turmushda va ishda qulay sharoit yaratish, yetarlicha dam olish,
tinchlantiruvchi preparatlar ichib yurish tavsiya qilinadi. Osh tuzi, yoqlar,
uglevodlar
cheklab qo’yiladi. Xuruj paytida nitroglisirin yoki validol yordam beradi. Agar bemor
nitratlarni ko’tara olmasa, 5 mg.dan til ostiga nifedipin va B-adrenoblakatorlar buyuriladi.
Miokard infarkti yurak toj arteriyalarining tromb bilan tiqilib qolishi va miokardning
oziqlana olmay qolib nekrozga uchrashidir. Yoshi qaytgan va keksa yoshdagi bemorlarda
miokard infarkti ko’proq paydo bo’ladi. Bunga sabab qonning yoshga aloqador bioximik
o’zgarishlari hisoblanadi.
1. Qon tomirlarining yoshga aloqador sklerozi.
2.Gemodinamikaning yoshga aloqador o’zgarishlari. Miokard
infarkti klinikasida
o’ziga xos farqlar mavjud. Og’riq kuchli bo’lmasligi, irradiasiyasi va joyi turlicha bo’lishi
mumkin. Yosh o’tgan sari infarktning atipik, masalan, abdominal, gastralgik, astmatik,
aritmik, serebral shakllari ko’proq kuzatiladi. Yoshi o’tgan bemorlarning 35%
ida va
keksalarning 40% ida infarktning og’riqsiz shakli uchraydi. Bunday bemorlarda kasallik
yakuni yomon bo’lib, bosh miyada qon aylanishining buzilishi, qayta takrorlanuvchi infarkt
bo’lishi mumkin. Yurak yetishmovchiligi va kardiogen shok faqat birinchi kuni emas,
keyingi kunlari ham paydo bo’lishi bunday paytda buyrak yetishmovchiligi bo’lganida
ishemik insultga olib kelishi mumkin.
Kasallik asoratlaridan yurak ritmining buzilishi, miokard yorilishi va chap qorincha
bilan o’ng qorincha orasidagi to’siq
yorilishi, tromboembolik asoratlar, yurak anevrizmasi
kasallik oqibatini yomonlashtiradi. Miokard infarktidan o’lgan bemorlarning 60 foizi
kasalxonaga yotqizilgungacha 2 soat ichida halok bo’ladi.
Keksalarda miokard infarktining kechishida o’ziga xos belgilaridan yana biri,
mayda
o’choqli infarkt, yirik o’choqli infarktga qaraganda ko’proq uchraydi va 60 yoshdan keyin
20-22 % qolatlarda infarkt qaytalanishi mumkin. Keksalarda miokard infarkti atipik shaklda
kechganligi sababli uni aniqlashda elektrokardiografiya usuli yordam beradi. T tishcha
manfiy bo’lib qoladi, patologik Q tishcha paydo bo’ladi, S,T kesma izoelektrik chiziqdan
yuqoriga yoki past tomonga suriladi.
Dostları ilə paylaş: