O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi


GERIATRIK BEMORLARDA ARTERIAL GIPERTONIYA KECHISHINING



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

 
GERIATRIK BEMORLARDA ARTERIAL GIPERTONIYA KECHISHINING 
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
 
Bemorlarning yoshi qaytgan sari arterial bosim ham ortib boradi, chunki yirak qon 
tomirlari devorlariga yosh bilan bog’liq o’zgarishlar kuzatiladi. Qon tomirlar elastikligini 
yo’qotadi, ektaziya va cho’zilish ro’y beradi. Ikkinchi tomondan geriatrik bemorlar 
tomirlaridagi aterosklerotik o’zgarishlar tomirlar torayishiga sabab bo’ladi. Keksa 
bemorlarda aterial bosimning 160/90 mm.sim. ustunidan ortib ketishi alohida tekshiruv 
o’tkazishni talab qiladi. 60 yoshdan oshgan bemorlarda kasallikni keltirib chiqaruvchi 
sabablarga ko’ra gipertoniya kasalligi va sistolik (aterosklerotik) gipertenziya farq qilinadi. 
Gipertoniya kasalligi.
Keksalikda bu kasallikning kelib chiqishiga organizmdagi 
arterial bosimni boshqarib turuvchi oliy nerv faoliyatining, miya po’stlog’ining, 
gipotalamus funksiyasining izdan chiqishi sabab bo’ladi. Kasallikning 1-bosqichida 
bemorlar uyqusizlik, tajanglik, tez charchash kabi simptomlarga uncha ahamiyat 
bermaydilar. Ularni faqat bosh aylanishi, bosh og’riqlari, hansirash bezovta qilishi mumkin. 
Gipertonik krizlar klinikasi sust ifodalangan bo’lib, bu juda xavflidir, chunki o’z vaqtida 
ko’rsatilmagan tez yordam bemorda insult yoki o’tkir yurak yetishmovchiligiga olib kelishi 
mumkin. 
Kasallikning 2-bosqichida A/B 180/100 mm.sim. ustuniga teng bo’ladi. Krizlar 
paytida 260/140 mm. simob ustuniga yetadi. Keksa yoshdagi bemorlarda kasallik manzarasi 
sust bo’lishiga qaramay, albatta, instrumental diagnostik tekshiruv o’tkazib ko’rish zarur, 
EKGda levogramma, T tishchaning patologik o’zgarishlari, S,T segment izoelektrik 
chiziqdan pastda, yurak chapga kengaygan bo’ladi. Qonda umumiy lipidlar soni oshgan 
bo’ladi. Geriatrik bemorlarda ko’z tubini tekshirish muhim ma'lumotlarni bermaydi, chunki 
qariyalar yosh bilan bog’liq holda sklerotik o’zgarishlarga uchraydi, ko’z gavhari 
xiralashadi. 
Sistolik gipertenziya (aterosklerotik). Bu kasallikda klinik belgilar sust yoki umuman 
bo’lmasligi mumkin, sistolik bosim oshib, diastolik bosim o’zgarmaydigan bo’ladi. Bunga 
sabab yurak arteriyalarning ateroskleroz oqibatida torayishidir. Kasallik klinikasida sistolik 


23 
bosimning yuqori bo’lishi, bosh aylanishi, quloqlar shang’illashi kuzatiladi. Bosh og’riqi 
bezovta qilishi mumkin. Bemorlarni sub'ektiv belgilar bezovta qilmasligiga qaramay tez-tez 
EKG o’tkazib turish kerak. 
Arterial bosim keksalarda quyidagi ko’rsatkichlarda bo’ladi. 
60 - 69 yoshda 130-135 / 80-85 mm.sim.ust. 
70 - 79 yoshda 135-140 / 80-85 mm.sim.ust. 
80 - 89 yoshda 135-140 / 85-90 mm.sim.ust. 
60 yoshdan oshgan shaxslarda arterial bosim 155-99 mm.sim.ust. oshsa arterial 
gipertoniya tahmin qilish mumkin. 
80 yoshli keksalarning 9-10% ida arterial bosim 110/ 170 mm.sim.ust.ga teng bo’ladi. 
Geriatrik bemorlarda gipotenziv vositalarni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari mavjud: 
-Gipotenziv moddalar do’zasini 2-3 barobar kamaytirish kerak. 
-Arterial bosimni asta-sekin pasaytirish zarur. 
-Arterial bosimni birdaniga tez tushirib yuboradigan preparatlarni (ganglioblokatorlar, 
izobarin) qo’llamaslik lozim. 
-Rauvol’fiya preparatlarini, diuretiklarni B-adrenoblokatorni tayinlashda ehtiyotkor 
bo’lgan ma'qul. 
-Bemorga nevropatolog konsul’tasiyasini o’tkazib borish zarur. 
- EKG, qon va siydik tahlilini surunkali o’tkazib turish kerak. 
Geriatrik bemorlarda gipertoniyani davolashda qulay mehnat va turmush sharoitlarini 
yaratish, tinchlantiruvchi vositalar tayinlash kerak. Osh tuzini cheklash, yaxshi dam olish, 
uxlash, parhez buyuriladi. Rauvol’fiya preparatlaridan rausedil va ruavazan 0,002 dan 0,008 
gr.gacha, rezerpin 0,00025 gr.dan oshmasligi kerak. Geriatriyada ham adrenergik vositalar 
qo’llash mumkin, bular klofellin va metildofa. Diuretiklardan gipotizid
 
0,025 gr, furosemid 
0,020,04 gr, veroshpiron 0,0250,05 gr. dan oshmasligi kerak. Geriatriyada gipertonik 
krizlarni bartaraf etadigan vositalardan biri dibazoldir. U 0,05% 2,0 4,0 ml.dan muskul 
orasiga yuboriladi. Dibazol bilan davolanishda har 10 kunda EKG xulosasini olib turish 
lozim. Yuqoridagi davo naf bermaganda bosqichma - bosqich sxema bo’yicha davo 
buyurish mumkin. 
1-bosqich. Yengil formadagi gipertenziyada rauvol’fin preparatlaridan raunatin 0,002 gr. dan 
kuniga 3-4 marta; 
1-"a" bosqich. Nisbatan o’rtacha og’irliqdagi gipertenziyada klofellin, dopegit yoki apressin 
bilan monoterapiya o’tkaziladi. 
2-bosqich. Diuretiklar bilan adrenoblokatorlar birgalikda qo’llanadi. 
3-bosqich. O’rtacha og’ir gipertenziyada diuretiklar, adrenoblokatorlar (rezerpin) va 
vazodilatator (apressin) qo’llanadi. Geriatriyada adelfan, depressin keng qo’llanadi. 
4-bosqich. Og’ir kechadigan gipertenziyada gipotiazid, rezerpin guanetidin bilan qo’llanadi. 
Gipotiazid qo’llanganda gipokaliemiyaning oldini olish maqsadida 0,5 gr. dan 3 mahal kaliy 
yoki kaliyga boy bo’lgan olma, yonqoq, quruq mevalar, o’rik tayinlanadi. Kasallik 
profilaktikasida asablarga zo’r keladigan ish, tungi mahallarda ishlash, chekish, spirtli 
ichimliklar ichish taqiqlanadi. Qovurilgan, o’tkir taomlar, achchiq kofe iste'mol qilish 
umuman man qilinadi. 
Bemorlarga dispanser kuzatuvida bo’lib, sanatoriya va profilaktoriyalarda dam olish 
maslaqat beriladi. 


24 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin