26
Kasallikning 5-8 qaftasida uyga javob berish mumkin. Stasionardan chiqarilgandan
keyin doimiy jismoniy harakatlar, piyoda sayr qilish mashqlari tavsiya etiladi, chekish va
spirtli ichimliklarni ichish, asabiylashish, og’ir jismoniy mehnat qilish, yugurish
taqiqlanadi. Bemor ambulatoriya sharoitida elektrokardiografiya qildirib turishi, B-
andenoblokatorlar, aspirin ichib turishi maslahat beriladi. Yurak ritmi buzilishiga qarshi
novokainamid, obzidan, aymalin, kaliy tuzlari, kokarboksilaza buyuriladi.
Miokard infarkti bilan og’rigan bemorlar dispanser hisobida bo’lib, doimiy vrach va
hamshira nazoratida turadi. Hamshira va vrach bemorlarni uyiga borib xabar olib turishi,
bemorning qarindoshlariga uning parvarishi, ovqatlanishi va hayot kechirsh tarzi bo’yicha
kerakli maslahatlarni berib borishi kerak.
Aritmiyalar.
Yoshi qaytgan va keksaygan odamlarda kardiosklerozning belgilaridan
biri aritmiyalardir. Bunga sabab yurakda qon aylanishining yetishmovchiligi va miokard
ishemiyasidir. Ko’pincha 50 yoshdan o’tgan bemorlarni yurakning organik o’zgarishlari
oqibatida ekstrosistoliyalar bezovta qiladi, ya'ni ularda yurakning vaqtidan ilgari qisqarishi
kuzatiladi. Bunda bemorga xuddi yurak ishi to’xtab qolgandek bo’lib seziladi.
Ekstrasistoliyani davolashda koronar qon tomirlarni kengaytiruvchi, miokardni qon bilan
ta'minlaydigan, yurak yetishmovchiligini bartaraf etadigan vositalar tayinlanadi. Buning
uchun digitalis preparatlari, strofantin, sedativ moddalar va trankvilizatorlar buyuriladi.
Novokainamid muskul orasiga 5-10 ml.dan, lidokain 10 ml.dan beriladi. Ektrasistoliyani
bosish maqsadida ovqatdan keyin kuniga 3-4 marta 20-30 ml.dan 10% li kaliy xlor eritmasi
meva suvlari bilan ichib turiladi.
Paroksizmal
taxikardiyalar-ateroskelerotik
kardioskleroz,
miokard
infarkti,
gipertoniyada kuzatilib, yurak ritmining birdan tezlashib, yurak qisqarishlarining minutiga
180-250 tagacha yetib qolishi va birdan sekinlashib, asliga kelib qolishidan iboratdir.
Kasallik yurak o’ynog’i xurujlari bilan kechadi.
Keksa yoshdagi bemorlar bunday aritmiyalarni boshidan juda og’ir kechiradilar.
Bunday hollarda strofantin, aymalin, novokainamid, kaliy xlor va stasionar sharoitida
xinidin buyuriladi. Qorinchalarning pir-pir uchishi, ya'ni fibrillyasiyasi klinik o’lim
hisoblanib, bunda yurakdan qon otilib chiqmay qo’yadi. Geriatrik bemorlarda ham elektr
defibrillyasiyasini o’tkazish mumkin.
Geriatrik bemorlarda yurak va koronar qon tomirlarining sklerotik o’zgarishlari
oqibatida yurak o’tkazuvchanligi buzilishi, ya'ni blokadalar ko’p kuzatiladi. Blokadalarni
davolashda mezaton, kofein, belladonna, atropin qo’llanadi. Qorinchalar ritmi keskin
susayib qolganida (30 tadan kam bo’lganda) Adam-Stoks-Morgani sindromi boshlanadi,
keskin bradikardiya munosabati bilan miyada qon aylanishi buzilishi mumkin. Bunda teri
ostiga izadrin yoki efedrin, mezaton va kortikosteroidlar, elektrokardiostimulyasiya
buyuriladi. Hamshira bunday bemorlarga juda katta e'tibor berib turishi va ularni
tinchlantirishi kerak.
Dostları ilə paylaş: