2023-2024-o‘quv yili
Tushuntirish xati
Bolalarimizni birovlarning qoliga berib qoymasdan, ularni ozimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq talimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari togrisida 2018-yil 5-sentyabrdagi PQ-3931-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining Umumiy orta taIim muassasalarida Tarbiya fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari togrisida 2020-yil 6-iyuldagi 422-son qarorida belgilandi. 2022-2023-oquv yilidan boshlab 1-11-sinflarda haftaning juma kunidagi birinchi darsni sinf rahbarlari va tegishli mutahasisslar tomonidan Sinf soati sifatida otilishi yolga qoyildi. Malumki, sinf rahbari oz sinfidagi oquvchilarning bevosita talim-tarbiya jarayoni, yani darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga masul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o’rta talim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O’zbekiston Respublikasining Talim to’g’risidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining talim sohasidagi qarorlari, Xalq talimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli meyoriy hujjatlar va Xalq talimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi 180-sonli buyrug’i 2-ilovasi bilan tasdiqlanganTalim muassasalari sinf rahbari to’g’risida Nizom asosida tashkil etildi.
Mazkur dastur va metodik qollanmayuqorida nomlari keltirilgan talimga oid huquqiy va meyoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy orta talimning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.
Dasturning maqsadi Sinf soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgor tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, manaviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |