Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev



Yüklə 19,01 Mb.
səhifə8/39
tarix02.10.2023
ölçüsü19,01 Mb.
#151519
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
7-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

III.Mashg’ulotni yakunlash
1. Nima uchun Vatanimiz tarixini, ajdodlar merosini o'rganamiz?
2. Mustaqillik yillarida tiklangan qaysi obidalarni bilasiz?
3. Ziyoratga borish odobi haqida kattalar bilan suhbatlashing.
4. O'zingiz yashayotgan hududdagi ziyoratgohlar haqida nimalarni bilasiz?
Faol qatnashgan o’quvchilar ballari e’lon qilinadi.


Maktab MMIBDO‘_______________ _________________________sana______ ____ 20___yil
4-mavzu: Ustozlar elda aziz
(1-oktabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
Kun shiori: “Olloh doimo qalbimizni, ma’rifat nurlari bilan bezasin”
Maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ustozlar qadriga yetib, ularni e’zozlash lozim ekanligini uqtirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
F oydalanadigan ko’rgazmali qurollar: Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
Dedilar, dunyoda asli kim aziz,
Aytdilar, ustozdir, ustoz begumon.
Tag’in aytdilarki, aziz shubhasiz
Ustozin qadriga yetolgan Inson.
Abdulla Oripov
O’qituvchi:
Bir umr sizga ta’zimdamiz, aziz ustozlar!
Doim e’zozdasiz, qalbi daryolar,
Ziyo tarqatasiz, har on, har soniyada,
Hech charchamang, aziz muallimlar!
Respublikamizda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda juda ko’plab ta’lim fidoyilari jonbozlik qilib kelmoqda. Bizning maqsadimiz esa mana shunday fidoyilarni keng ommaga tanishtirish ularning ishlarini yoshlarimizga ibrat qilib ko’rsatish.
„Har kuni, har soatda fidoiy bo’lish, o’zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish-haqiqiy qahramonlik aslida mana shu“.
(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniydan:
Siz qanday qilib shunday ilmga erishdingiz?- deb so’rashganida, alloma kamtarlik bilan shunday javob bergan ekan:
Savol beruvchi til, biluvchi qalb, mening qobiliyatimni topa olgan va iqtidorimni anglagan sabrli muallim mehnatiga tasanno.
Ulug’ bobomizning bu tariqa ustoz xizmatini alohida e’tirof etganligi bejiz emas.Zero, Sharq ta’lim tizimining mazkur ilg’or usuli yevropolik tadqiqotchilar tomonidan ham ibratli tajriba sifatida baholangan edi.
Hamma ustozlarga sog’lik, uzoq-umr tilab, shunday niyat qilamiz-

Yüklə 19,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin