Maktab MMIBDO________________ __________________________sana____ ____ 20___yil 2-mavzu: Umumiy qoidalar haqida. (yol harakati qoidalari) Kun shiori: Yol qoidasi-umr foydasi” t alimiy: oquvchilarga yol belgilari haqida tushunchalar berish, kochada yurish qoidalarini orgatish;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi media manbalardan zarur malumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini taminlashni, media madaniyatga ega bolish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi jamiyatda bolayotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, ozining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Sinf soati:kochada va jamoat joylarida oquvchi ozini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatlarni shakllantirish;
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.
Sinf soati mashg’ulotning borishi: Tashkiliy qism: O’quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
1.1
Usbu Yo'l harakati qoidalari (keyingi o'rinlarda - "Qoidalar" deb ataladi) respublika hududidagi yo'llarda harakatlanishning yagona tartibini belgilaydi.
1.2
O'zbekiston Respublikasi yo'llarida transport vositalarining o'ng taraflama harakatlanish tartibi belgilangan.
1.3
Yo'l harakati qatnashchilari "Yo'l harakati xavfsizligi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yo'l belgilari (1-ilova), qatnov qismidagi chiziqlar (2-ilova)ning o'zlariga tegishli bo'lgan talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek, o'zlariga berilgan huquq doirasida yo'llarda harakatni boshqarayotgan tartibga soluvchilarning ko'rsatmalarini so'zsiz bajarishlari shart.
1.4
Yo'l harakati qatnashchilari harakatlanish vaqtida boshqa qatnashchilarning harakatlanishiga xavf tug'dirmasligi kerak. Vakolati bo'lmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo'l qoplamasini buzish yoki ifloslantirish, yo'l belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o'zboshimchalik bilan olib tashlash, o'rnatish, to'sib qo'yish, shikastlantirish, yo'llarda harakatlanishga to'sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish taqiqlanadi.
Harakatga to'sqinliq tug'dirgan shaxs uni tezda bartaraf qilish uchun imkoniyati darajasida barcha choralarni ko'rishi, agarda buning iloji bo'lmasa, o'zida bo'lgan barcha vositalar bilan xavf-xatar haqida harakat qatnashchilarini ogohlantirishi va militsiyaga xabar berishi shart.
1.5
Mazkur Qoidalarni buzgan shaxslar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga binoan javobgarlikka tortiladilar.